O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rganilayotgan materialni idrok qilish.
- O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish.
- Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash.
- Ta’limni rag‘batlantirish
4.O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi
O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki zvenolarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo‘lidan borib, bu bosqichlardan o‘tishi kerak. O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy zvenolardan tashkil topgan: 1-o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish; 2-uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi; 3-bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishi; 4-hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash. Har bir zveno uchun o‘quvchilarning muayyan xarakterdagi bilish faoliyati xarakterlidir. Bu faoliyat o‘qituvchi tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi. O‘rganilayotgan materialni idrok qilish. O‘quvchilarning o‘rganilayotgan (yoki o‘rganilishi lozim bo‘lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, o‘qituvchi ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda material to‘g‘risida umumiy tasavvur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko‘rsatadi. O‘rganilayotgan materialni fahmlab olish. O‘rganilayotgan obyekt haqidagi umumiy tasavvur asosida uni tushunishni ta’minlovchi, asta-sekin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O‘qitishning bu zvenosining maqsadi ilmiy tushunchalarni tarkib toptirishdir. Bilimlarni mustahkamlanishi, ko‘nikma va malakalarnining hosil bo‘lishi. O‘quv materialini idrok etish va faqmlab olish jarayonida o‘zlashtirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi. Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash. Bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash jarayoni ta’limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish. 5.Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. I.P.Podlasiy ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi. 2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari. 3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti. 4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil etish. 5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi. 6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: Didaktik qonuniyatlar. Gnoseologik qonuniyatlar. Psixologik qonuniyatlar. Kibernetik qonuniyatlar. Sotsiologik qonuniyatlar. Tashkiliy qonuniyatlar. 25 Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling