Nazorat uchun savollar:
1. Ta’lim mazmunining mohiyati nimadan iborat?
2. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlab olish tamoyillarini ta’riflab bering.
3. Hozirgi bosqichda ta’lim mazmunini belgilash asosiy g‘oyalarini (asoslarini) aytib bering.
4. Mutaxassislik fani bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limi davlat ta’lim standartini tahlil qilib bering.
5. O‘quv rejalarining turlarini ayting, akademik litsey o‘quv rejasini ta’riflab bering.
6. O‘quv dasturlarining qanday turlari mavjud?
6-mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari
Reja:
Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
Sharq mutafakkirlari ta’lim metodlari haqida.
Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari.
Tayanch tushunchalar: Metod – so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir.
Og‘zaki bayon metodlari – Hikoya, suhbat, ma’ruza ta’limning bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o‘quvchilarning xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‘qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya – Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o‘quv materialini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi.
Ma’ruza – Ma’ruza o‘rta umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida, kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarda foydalaniladigan ta’lim metodi bo‘lib, unda o‘zaro ta’sir o‘qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g‘oya va bog‘lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma’ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv materiali xajmiga ko‘ra belgilanadi.
Suhbat – Suhbat o‘qituvchi o‘quvchining o‘zaro ta’siri dialog shaklidagi ta’lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. 33
Do'stlaringiz bilan baham: |