O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bunday o‘yinlarda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi
- O‘yin-munozaralar
- Trening va boshqalar. Trener
- “Konferensiya”,“Zamonaning global muammolari”, “Panorama”
«registratorlar» - munozaralarni yozib oluvchi o‘yin ishtirokchilari;
«ekspertlar» - ma’ruza muhokamasidagi chiqishlar va yechimning guruh bo‘lib qabul qilinishi bo‘yicha obyektiv baho beruvchi o‘yin ishtirokchilari. Bu vazifada korxona va ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari, aspirant va talabalar qatnashishlari mumkin. Bunday o‘yinlarda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi: bo‘lg‘usi mutaxassisni axborotlar almashishga o‘rgatish; ularda o‘z nuqtayi nazarlarini asoslash va himoya qilish, boshqa kishilarning g‘oyalariga kirib bora olish, guruh bo‘lib yechim qabul qila olish malakasini shakllantirish. O‘yin-munozaralar bo‘lg‘usi mutaxassisda ilmiy-ishlab chiqarish muammosini qo‘ya bilish va yechishga, mustaqil fikrlashga, obyektivlikka nisbatan qiziqishni shakllantiradi, muammolarni qo‘yish, uni muhokama qilish, ularni yechishda o‘zini tuta bilish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘yin-munozaralar muayyan muammo bo‘yicha bahslarni tashkil etilishini ko‘zda tutadi. Trening va boshqalar. Trener – ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo‘yicha trening mashg‘ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) uchun maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis. Trening – ma’lum yo‘nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo‘yicha trenerlar tomonidan (rahbarligida) o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar. Talabalar bilan o‘quv jarayonini noan’anaviy tashkil qilishda “Konferensiya”,“Zamonaning global muammolari”, “Panorama” kabi treninglardan foydalanish yaxshi samara beradi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimi, uning belgilari va xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga muayyan soha yo‘nalishi bo‘yicha chuqur, differensatsiyalashgan kasbiy bilimlar berish imkoniyatini yaratadi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimidan foydalaniladi. Mashg‘ulotlar ikkita birlashtirilgan darslar ko‘rinishida 90 minut davom etadi. Ularning o‘ziga xosliklari quyidagilardan iborat: – ma’ruza o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun taxminiy asos sifatida katta hajmdagi tizimlashtirilgan axborotlarni berishning asosiy shakli (90 minut tashkil etiladi); – amaliy mashg‘ulot akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi rahbarligi ostida olgan o‘quv axborotlari (leksiya va mustaqil ishlari)ni chuqurlashtirish, tahlil qilish, kengaytirish, qo‘llash va o‘zlashtirilishini nazoratni tashkil etish shakli; – akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qish asosiy shakli sifatida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlari amalga oshiriladi; – o‘quv guruhi o‘quvchilarni uyushtirishning asosiy shakli (uning doimiy tartibi odatda butun ta’lim davomida saqlanib qoladi); – o‘quv guruhlari to‘plami akademik litsey, kasb-hunar kollejida kurslardan iborat bo‘ladi; – kurslarda o‘quv mashg‘ulotlari jadvalga binoan yagona o‘quv rejasi va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi; – o‘quv yili ikki semestr, attestatsiya davri va ta’tillarga bo‘linadi; – har bir semestr hamma o‘quv fanlari bo‘yicha yakuniy attestatsiya (imtihon topshirish) bilan yakunlanadi; – akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qish muhim fanlar bo‘yicha attestatsiya (bitiruv imtihonlarini topshirish) va mutaxassisligi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishni himoya qilish bilan yakunlanadi. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarda ta’lim ma’ruza, seminar, laboratoriya ishi, o‘quvchilarning ilmiy tadqiqotchilik ishlari (O‘ITI), o‘quvchilarning mustaqil o‘quv ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti, chet elda ish tajribasini oshirish kabi shakllarda tashkil etiladi. Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash shakli sifatida kundalik, oraliq va yakuniy nazorat, baholash reyting tizimidan, referativ va kurs, bitiruv ishlaridan foydalaniladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling