«5» baho: a) o‘quvchi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, o‘zma ishlarda xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo‘yiladi.
«4» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa;
«3» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
«2» baho: o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa.51
Nazorat uchun savollar:
Ta’limni tashxis etish nima? Uning mohiyati haqida gapirib bering.
Ta’limni baholash yoki tekshirish va tashxis o‘rtasidagi farq nimalarda ko‘rinadi?
Nazorat va tekshirish tushunchalarini izohlab bering.
Tekshirish tizimi qanday bosqichlardan tashkil topadi?
Nazorat (tekshirishdan tashqari) o‘z ichiga qanday tushunchalarni oladi? Ular haqida ma’lumot bering.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Ta’lim jarayonini nazorat qilish va hisobga olishning vazifalari nimalardan iborat?
Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan pedagogik talablar nimalardan iborat?
O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olishning turlari va ularning vazifalarini ko‘rsatib bering.
O‘quvchilar faoliyatini hisobga olishning qanday metodlarini bilasiz? Ularning har biri haqida ma’lumot bering.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari haqida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |