O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Iqtisodiy tarbiya mehnat tarbiyasining tarkibiy qismi sifatida


Download 0.7 Mb.
bet115/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

6.Iqtisodiy tarbiya mehnat tarbiyasining tarkibiy qismi sifatida.
Hozirgi davrda, kadrlar tayyorlash masalasi eng muhim vazifa sifatida qo‘yilib, ta’lim sifatini oshirish bilan birga o‘quvchilarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan mavjud sharoitda muhim va zarur.
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo‘jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni.
Binobarin, iqtisodiy tarbiya yosh avlodda iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida fikrlashga o‘rgatadi.
Iqtisodiy tarbiyasi o‘z ichiga o‘quvchilar tomonidan iqtisodiyot asoslarini o‘rganish, ularning unumli va ijtimoiy mehnatning turli ko‘rinishlarida ishtirok etish, rejalashtirishga doir bilim va malakalarga ega bo‘lish, ishlab chiqarish mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish kabilarni oladi.
Iqtisodiy tarbiyaning inson va jamiyat, iqtisodiy geografiya, tarix, matematika, ximiya, biologiya, mehnat ta’limi darslarida amalga oshirilishi yanada ijobiy samaralarni beradi. Eng muhimi “Iqtisodiyot asoslari” o‘quv fani asosida o‘quvchilar iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish qonuniyatlarini o‘rganadilar. Jamiyatda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish, xo‘jalikni oqilona tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini takomillashtirish, moliya operatsiyalarni to‘g‘ri tashkil etish, rejalashtirish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, korxonalar rentabelligi, kichik va o‘rta biznes, ijara, bozor infrastrukturasi, mahsulot qiymati, sof daromad, qo‘shimcha daromad, byudjet, xaridor, tovar, tovarlar importi va eksporti, shartnoma, birja, raqobat, menejment, marketing, pul, bank, banknot va boshqalar haqida to‘la ma’lumotlarning berilishi o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi.65

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling