Sinfdan tashqari tarbiyasiviy tadbirlar hamda tarbiyaviy soatlarda iqtisodiy mavzularda tarbiyaviy suhbat, bahs va munozaralar uyushtiriladi, og‘zaki jurnal yaratiladi, viktorina tashkil etiladi, to‘garak yoki klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Mehnati faoliyatining sifati va samaradorligi nimalarga bog‘liq?”, “Xo‘jalikning qiymati qancha turadi?”, “Har birimiz iqtisodchi bo‘lishimiz mumkin”, “O‘quv yurtimizning iqtisodiy ahvoli va byudjeti qanday ahvolda?”, “Iqtisod bizning hayotimizda”, “Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?”, “Tajamkorlik nima?” va hokazo mavzularda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi o‘zining ijobiy natijalarini beradi. “Yosh iqtisodchi” markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Bularning barchasi o‘quvchilarda quyidagi xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi:
mehnat faoliyatiga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish,
mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o‘z burchini his etish;
tejamkorlik, rejalilik;
intizomlilik, uddaburonlik;
uyushqoqlik, ishchanlik;
tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lish va boshqalar.
Nazorat uchun savollar:
Fuqaro deb kimga aytiladi?
Fuqarolik tushunchasining mazmunini sharhlang.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsadni shaxsiy mulohazalaringiz asosida bayon eting.
Davlat ramzlarini bilish va ularning mohiyatidan xabardor bo‘lish fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda qanday ahamiyatga ega?
Vatanparvarlik nima va shaxsda vatanparvarlik xislati qanday shakllantiriladi?
Baynalminallik tarbiyasining mohiyati nimadan iborat?
O‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy mohiyatini ochib bering.
Mehnat tarbiyasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Mehnat tarbiyasining mazmuni haqida gapirib bering.
O‘quvchilarning mehnat tarbiyasini tashkil etishda qanday shakl va metodlar samarali sanaladi?
Mehnat tarbiyasida ta’lim va tarbiya birligining ahamiyatini qanday baholaysiz?
Mehnat tarbiyasi va ijtimoiy tarbiyaning boshqa yo‘nalishlari o‘rtasidagi aloqadorlik haqida so‘zlab bering.
Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi nimalarda ko‘rinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |