O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Estetik tarbiya asosiy vositalariga tubandagilar kiradi


Download 0.7 Mb.
bet124/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Estetik tarbiya asosiy vositalariga tubandagilar kiradi:
1. Adabiyot va san’at – adabiyotning barcha janrlari: xalq og‘zaki ijodi, she’riyat, dramaturgiya, preza; san’at turlari:tasviriy san’at, amaliy bezak san’ati, me’morchilik, musiqa, teatr, kino, raqs, sirk, televideniye, foto, estrada va hakozo.
2. Tabiat , jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonot dunyosi.
3. Mehnat, mehnat sharoitlari, jarayoni, qurollar va mahsulotlar.
4. Bilish go‘zalligi ta’lim, ma’lumot, mustaqil o‘qish, fanni o‘rganish jarayoni, kashfiyotlar kiradi.
5. Turmush go‘zalligi , buyumlar go‘zalligi, moda va h.k.
6. Muloqat va til go‘zalligi.
7. Jismoniy madaniyat va sport, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari, munobaqalari estetik talablarga javob beradigan holda tashkil etish, badiiy gimnastika, fristayl kabi badiiy xarakterga ega sport turlari.
8. O‘yinlar , didaktik, xalq o‘yinlari va h.k.
9. Xulq atvor, ishlab chiqarish, shaxsiy, jamoa joylarida.
10. Din, so‘z san’ati, musiqa, arxitektura, xalq amaliy san’ati asarlaridan foydalanish.
11. Milliy urf-odatlar, udumlar, qadriyatlar, bayramlar.
12. O‘quvchilarning aktiv estetik faoliyati.
13. Bolalar turmushi estetikasi.
14. Tevarak atrofdan olinadigan taassurotlar72.
Nafosat tarbiyasi maktabda o‘qitiladigan barcha darslar jarayonida olib boriladi. Lekin, har bir predmetning xususiyatiga qarab, estetik tarbiya vositalari usul va metodlari o‘ziga xos bo‘ladi. Masalan, tasviriy san’at darslari narsaning o‘ziga qarab rasm chizish, dekorativ rasm chizish, tema asosida rasm chizish, tasviriy san’atdan suhbatlar kabi turlarga bo‘linib, har bir rasm chizish darslarida nafosat tarbiyasining o‘ziga xosligi mavjud.
Tasviriy san’at darslarining asosiy vazifalari: o‘quvchilarning san’at bilan muloqotda bo‘lishi, rassomlik haykaltaroshlik, arxitektura, grafika, xalq amaliy bezak san’ati sohasida faoliyat, ko‘nikma va malakalarni egallash, tasviriy san’at tarixi haqida ma’lumot berish, atrofdagi hayot va san’atni estetik idrok qila bilishdir, o‘z hayotini go‘zallik qonunlari bo‘yicha tashkil qilish va h.k. hisoblanadi.
Musiqa darslari musiqa ijodining quvonchini anglash tuyg‘usini beradi. Musiqa asariga qilingan axloqiy-estetik mazmundan huzurlanish qobiliyatini shakllantiradi.
Musiqaviy mashg‘ulot turlari: xo‘r bo‘lib ashula aytish, musiqa savodi, musiqa asarlarini tinglash, ijrochilik faoliyati, musiqaga jo‘r bo‘lib harakat qilish va h.k. Bu mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida ham estetik tarbiya vositalari ham turlicha bo‘ladi.
Maktabda dars jarayonida olib boriladigan nafosat tarbiyasining davomi sinfdan va maktabdan tashqari ishlar hisoblanadi. Bu ishlar jarayonida borliq va san’atga nisbatan estetik munosabat shakllantiriladi. Shaxsning ma’naviy boyishi ta’minlanadi, o‘quvchilar bo‘sh vaqtida foydali ishlar bilan to‘ldiriladi, yoshlarning qobiliyatini namoyon qilishga imkoniyat tug‘dirilib beriladi.
Maktabda sinfdan tashqari ishlar adabiyot va san’at turlari bo‘yicha to‘garaklar, fakultativlar, xo‘r jamoasida, badiiy havaskorlik teatri, tasviriy san’at studiyalarida olib boriladi.
Ayniqsa, bu sohada televideniyaning roli bebaho.
Maktabda o‘tkaziladigan shoir yozuvchi va san’atkorlar bilan uchrashuv, kino va teatr asarlarini jamoa bo‘lib tomosha qilib, keyin muhokama qilish, rassom va haykaltaroshlar ustaxonasiga ekskursiyalar uyushtirish, devoriy gazeta, stentlar chiqarish, maktab ichki radio va televideniyasi ishlari, bolalar ishlaridan ko‘rgazmalar konkurslar tashkil qilish, ijrochilik faoliyati kabilar estetik tarbiya bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarga kiradi.
O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati estetik tarbiyaning bebaho vositasi hisoblanadi. Ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, tosh va suyak o‘ymakorligi, kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo‘zchilik bilan tikish san’ati necha asrlardan buyon o‘zbeklar bir qancha avlodining estetik tarbiyalash vositasi bo‘lib kelmoqda.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling