O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik madaniyat. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur
- Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi
Ekologik dunyoqarash tabiatni muhofaza qilish haqidagi ilmiy - nazariy bilimlar majmuasi, hukmron iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy qarashlardan tortib, oddiy kundalik tasavvurlargacha o‘z ichiga oladi. Ekologiya insoniyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan nazariy - ilmiy g‘oyalarning muayyan majmuasi bo‘lmasdan, jamiyatda yashayotgan shaxslarning ruhiy holatlarini, hissiyotlari, kayfiyatlari va intilishlarini ham qamrab oladi, hamda turli ijtimoiy ong shakllarining ekologiya nuqtayi nazaridan baholanishini ifodalaydi.
Ekologik madaniyat. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur: O‘quvchilarning ta’lim jarayonida o‘zlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish. Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to‘g‘risidagi tasavvurini boyitish. O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi to‘g‘risidagi e’tiqodni shakllantirish. O‘quvchilarda ekologik faoliyat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalash hamda ularning tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish. Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish va jazolash kabi metodlar yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini ta’minlaydi. O‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan subyektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, internet) materiallari va ularning g‘oyalari o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor berishgan va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirishgan. Oila davrasida farzandlarga: «Suvga tupurma! Uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichadi,» «Gullab turgan meva shohini sindirma, u meva beradi, uni o‘zing iste’mol qilasan» deganlar. O‘lkamizning tabiiy o‘simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni muhofaza qilishni yoshlarga uqtirish, ta’lim tizimining asosiy vazifasidir. Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – Atrof - muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri; – Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash; – Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligi; –O‘z shahrini, qishloq va maktab hovlisini ko‘kalamzorlashtirishda o‘simliklarni parvarishlashga qiziqishni oshirish; – Atrof - muhit muhofazasida bolalar vazifalari; – Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarning namunali o‘rni; – Oiladagi, maktabdagi tabiatni, o‘simlik va hayvonot dunyosini e’zozlashga o‘rgatish; – Tabiatga ongli munosabatda bo‘lish; –Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash76. Ekologiyani o‘zgartirish, uning ifloslanishini miqdorini son jihatdan ko‘rsatkichlarini bildirish, matematika fanidan beriladigan ekologik tarbiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, respublikamizda 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir yarim ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarganligi, bunday holat 10-20 yildan keyin nimalarni olib kelishini misollar bilan tushuntirish lozim. Ekologik yo‘nalishdagi to‘garaklardagi bolalar tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat go‘zalliklaridan zavqlanishga, atrof - muhitni sevishga o‘rgana boradi. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘tiladigan «Tabiatni e’zozlaylik», «Tabiat va inson», «Ekologiya va inson», «Orol madad so‘raydi», kabi mavzular o‘quvchilarda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. O‘quvchilar ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarurdir: –tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ularning bog‘liqligi; – tabiat boyliklaridan tejab foydalanish va ularni muhofaza qilish; – atrof - muhitni ifloslanishlardan saqlash; – tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish. Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash o‘quvchilarda tabiatni muntazam kuzatib borishga qiziqishni uyg‘otadi, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning go‘zalligini asrab - avaylashga olib keladi.77 Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling