O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi quvvat. Aqllilik –


Download 0.7 Mb.
bet129/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi quvvat.

  • Aqllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat.

  • Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushuntirishga yordam beruvchi quvvat.

    Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida Farhodning jismoniy qobiliyatlarini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Dostonda ta’riflanishicha, Farhod aqliy kamolotga erishish bilangina cheklanib qolmay, jismoniy va harbiy mashqlar yordamida chiniqadi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg‘ulotiga aylangan. Farhod, mutafakkirning fikriga ko‘ra, 10 nafar 20 yoshli yigitning quvvatiga ega bo‘lgan.79
    Abdulla Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega bo‘lmoq uchun badantarbiyasi bilan shug‘ullanishi zarur: “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud lozim. Sog‘ badanga ega bo‘lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo‘l qo‘yurlar. ... Badan tarbiyasini fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo‘yib astarini yuvib ovora bo‘lmak kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog‘lom bir vujud kerakdur”.
    Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko‘rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatini saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
    Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida sport, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yoshlarni jismoniy tarbiyalashning kompleks dasturi ishlab chiqildi. “Sog‘lom avlod dasturi” yoshlarning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
    Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport musobaqalarining o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi:

    1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar o‘rtasidagi “Umid nihollari” bellashuvi.

    2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasidagi “Barkamol avlod” bellashuvi.

    3. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasidagi “Universiada” bellashuvi.

    Shuningdek, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi.
    Yangi turdagi o‘quv muassasalarda ham o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tarbiyani samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya mazmuni o‘quvchilarning harbiy chaqiriqqacha tayyorgarligiga erishish bilan uzviy bog‘liqdir.
    O‘quvchilarning jismoniy madaniyatga ega bo‘lishlari jismoniy tarbiya samaradorligini belgilovchi muhim omil sanaladi. Shuningdek, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismidir.

    Download 0.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   264




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling