O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet130/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Jismoniy tarbiya mazmuni - jismoniy kamolat, jismoniy holat diagnostikasi, jismoniy tarbiya madaniyati, sport, sport ishlari, jismoniy ma’lumot tushunchalarida o‘z ifodasini topadi.
Jismoniy madaniyat jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, unga quyidagilar kiradi.

  • Inson a’zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti.

  • Ichki a’zolar, nerv va harakat, suyak-muskul tuzilishi, badanning uyg‘unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish.

  • O‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlash.

  • Gigiyena qoidalariga ko‘nikish.

  • O‘quvchilarni har tomonlama mohirligini o‘stirish.

  • Bo‘lajak ishchi, mehnatkashlarning jismoniy va fizik sifatlarini, kasb ahamiyati jihatidan shakllantirish ,ish qobiliyatlarini oshirish.

  • O‘quvchilarning jismoniy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish.

  • O‘quvchilarning iroda, chidamlilik, qat’iyan intizom, do‘stlik hissini kamol toptirish.

  • Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash.

  • Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiya vositalari 3 turga bo‘linadi.

  • Gigiyena omillari.

  • Tabiatdagi sog‘lomlashtiruvchi kuchlar.

  • Jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlarini tashkil etish.

Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni gigiyena qoidalari bilan tanishtirish, ularga so‘zsiz amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Nazofat (gigiyena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqqa aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o‘tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga sabab bo‘lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatimiz, saodatimiz uchun eng keraqli narsadur. Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog‘ini chiqarib yurmak zo‘r ayb va gunohdur. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak”. Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak bo‘lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo‘lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo‘lgan nuqsonlar yo‘qoladi.80
Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog‘ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. “Sog‘lom tanda – sog‘ aql” degan maqolda jismoniy tarbiyaga oid ma’no lo‘nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‘tarish o‘quvchilar o‘rtasida salbiy holatlar - kashandalik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi.
Jismoniy tarbiya vositalari orasida asosiy gimnastika, harakatli o‘yinlar, badantarbiya daqiqalari, xalq an’anlari va sport turlari yetakchi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya metodlari.Harakatli o‘yinlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasida muhim vosita hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarning hayotida harakatli o‘yinlar ularning jismoniy chiniqa borishiga va aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Harakatli o‘yinlarni bolalarning yosh xususiyatlari, jismoniy tayyorligiga, fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkazish jarayonida o‘qituvchidan katta mas’uliyat talab etadi. O‘yin qoidasini va tartibini bolalarga to’g‘ri tushuntirib borish, ularda har bir harakat yoki obraz to’g‘risida to‘la tasavvur hosil qila olish, o‘yinni uyushqoqlik bilan o‘tishini ta’minlaydi.
Quyidagi harakatli o‘yinlar bor: Eshit va bajar, qo’ng‘izlar, qushlar parvozi, arg‘amchi ustidan sakrash, qal’a himoyasi, kech qolma, zovurda bo‘ri, doiraga tush, o‘rmondagi ayiq va boshq.
Jismoniy mashqlar gavda muskullarining o‘sishi va mustahkamlanishiga, yurak qon-tomir tizimi faoliyatining va nafas olish a’zolarining yaxshilanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi81.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling