O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari


Download 0.7 Mb.
bet128/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

5.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari.

  1. Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.

Jismoniy tarbiyaning maqsadi – o‘quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni sog‘lom o‘sishini ta’minlash barobarida, ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlash yotadi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari :
1. Salomatlikni mustahkamlash, organizmni chiniqtirish va o‘qituvchilarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish.
2. Harakat ko‘nikmalarini, malakalarini shakllantirish va takomillashtirish.
3. Jismoniy tayyorgarlik, sport turlariga bo‘lgan qiziqish va ularni takomillashtirish.
4. O‘quvchilarda axloqiy, irodaviy, estetik, aqliy sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish.
5. Jismoniy tarbiya va sport mohiyati hamda ijtimoiy mavqeyi haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lish.
6. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga ehtiyojni tarbiyalash.
7. Jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirish.
Yoshlarni sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash masalasi xalq pedagogikasi, og‘zaki ijodi hamda mutafakkirlar asarlarining bosh g‘oyalaridan biri bo‘lib kelgan. Jumladan, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlarda ham o‘z ifodasini topgan. “Alpomish” dostonida Hakimbek (Alpomish)ning jismoniy mashq qilishi, tabiat qo‘ynida voyaga yetganligi, uning alpligi quyidagicha tasvirlanadi: “Alpinboyning bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinchdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. Shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘lga ushlab ko‘tarib tortdi, tortib qo‘yib yubordi. Yoyning o‘qi yashinday bo‘lib ketdi. Asqar tog‘ining katta cho‘qqilarini yulib ketdi, ovozasi olamga yoyildi. Shunda barcha xaloyiq yig‘ilib kelib aytdi: “Dunyoda bir kam to‘qson alp o‘tdi, alplarning boshlig‘i Rustami doston, oxiri bu Alpomish alp bo‘lsin”78.
Abu Ali ibn Sino ham insonga xos bo‘lgan ijobiy fazilatlaridan sanab o‘tar ekan, quyidagilarga alohida urg‘u beradi:


  1. Download 0.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling