Pedagogika tarixi fanining obyekti: qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo‘lyozma yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmiy-ma’naviy merosi, xalq og‘zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o‘quv qoʻllanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari, birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ta’lim-tarbiyaga doir asarlari hisoblanadi.
Pedagogika tarixi fanining metodologiyasi esa milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Pedagogika tarixi fanining vazifasi:
- kishilik taraqqiyotidagi ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy rivojlanishi haqida ma’lumot berish;
- o‘tmishdagi ta’lim va tarbiya masalalarini, texnologiyasini hamda maktab tizimidagi yuksak g‘oya va tajribalarni ijodiy rivojlantirishni o‘rganish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya yo‘li jarayonida buyuk mutafakkir olimlarning asarlaridagi pedagogik g‘oyalarni o‘rganish.86
Pedagogika tarixi fanining maqsadi – inson mavjud ekan, uning ma’naviy taraqqiyotini ta’minlovchi ta’lim, tarbiya, ma’lumot kabi tushunchalar har bir ijtimoiy tuzumda mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixining qayta tug‘ilishi va rivojlanishi bilan bog‘liq holda pedagogika fanidagi yutuqlarni o‘zlashtirish imkonini beradi.87
Pedagogika tarixi fanining metodologik asosi – yosh avlodni tarbiyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o‘qitish, kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta’lim-tarbiya, ma’rifatga doir g‘oyalarini va ularning rivojlanishini mukammal o‘rganishdir.88
Pedagogika tarixi fanining milliy asosi avvalo, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zligimizni anglagan holda milliy-ma’naviy durdonalarimizdan foydalanish, ajdodlarimizning boy tarixiy merosini o‘rganish.
Pedagogika tarixi fanining o‘ziga xos ildizlari:
- Ta’lim-tarbiya va ma’naviyatga doir g‘oyalarning falsafiy ildizlari – pedagogika tarixi fani turli jamiyatlardagi mafkuraviy qarashlarga ko‘ra o‘zgarib, rivojlanib, ilg‘or pedagogik fikr va g‘oyalar miqdordan sifat o‘zgarishlarga ega bo‘lgan.
- Diniy-ma’naviy ildizlar – inson kamolotidagi ma’naviyat haqida Qur’oni karim va shariat hukmlarida, hadisi shariflarda esa ilmiy-nazariy bilimlarning tartib-qoidalari berilgan. Bu esa pedagogika tarixidagi ta’lim-tarbiya va ma’rifiy ishlarga yanada sayqal beradi.89
Do'stlaringiz bilan baham: |