Xonlik davrida asosiy darslar O’rta Osiyoda «xaftiyak», «Chor kitob», Ho’ja xofiz asarlari, Bedil, Fuzuliy, So’fi Ollayor asarlarini o’rganishdan iborat edi. Asta –sekinlik bilan xalq og’zaki ijodi ta’lim tizimiga kirib keladi. Shunday bo’lsa ham ta’limda ma’nosini tushunmasdan quruq yodlash uslubi asosiy o’rinni egallaydi. Jumladan, harflarni ko’chirib olish ularni bo’g’inlarga ajratish, arab so’zlarini ma’nosini tushunmasdan yodlash kabi uslublar asosida ta’lim jarayoni murakkablashib bordi. Ta’limning egallab borish qozoqlarda to’rtta bosqichlardan iborat. Qoraqalpoq maktablarida esa oltita bosqichdan iborat edi. Asosan harflarni o’rganishda arab haflaridagi tochka, ya’ni nuqtani yo’nalishi juda ko’p qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. Chunki nuqtaning joylashishiga qarab so’z mazmuni ham o’zgarib borar edi. Bunday yo’nalishi biroz qiyinchiliklar to’g’risida ta’lim olishga bo’lgan qiziqish, qiyinchiliklarni yengib borishga xalqni da’vat qilardi. Natijada maktablar tarmog’i ham yana kengaya bordi. Keyinchalik boshqa tillar, jumladan rus tili ham o’rganishga qaratilgan maktablar tashkil qilana boshladi. Bunday maktablar rus –tuzem maktablari deb atalib, darslar rus va o’zbek tillarida birgalikda olib borilar edi. Ya’ni rus bolalari qatorida o’zbek bolalarni birgalikda ta’lim olar edi.
Qizlar maktabi- qizlar maktabi otinbibilar xonadonlarida tashkil qilinar edi. Qizlar maktabida ayolga xos hayo, iffat, odob va yuksak ayollik sifatlari shakllantirilar edi. Otin bibilar qo‘lida tarbiyalangan qizlar oilaviy hayotga mukammal tayyorlanar edi. Qolgan ta’lim mazmuni esa o‘g‘il bolalar maktabi bilan bir xil edi.
Uvaysiy o‘zining maktabdorlik va ijodiy faoliyati bilan yoshlar ta’limida yuksak o‘ringa ega. Uning ma’rifiy faoliyatida ayollarning savodxonligini oshirish, aqliy tarbiya, musiqa san’ati, qobiliyatli qizlar bilan ish usullari alohida o‘ringa ega. U o‘z davrining yosh tolibalariga hayotga muhabbat tuyg‘ularini singdirib borgan, tez fikrlash, chiroyli so‘zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan chiston-topishmoq usullarini yaratishni o‘rgatgan. Shuning uchun ham Uvaysiy ijodiy merosini o‘rganish va uni hozirgi davr maktablar ta’lim-tarbiya tizimimazmuniga kiritish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |