O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rus-tuzem maktablari
- «usuli qadimiya
«Litografiya» - yunoncha so‘z bo‘lib «Litos» - tosh va «grafos» yozaman degan ma’noni bildiradi. Bu atama o‘zbek tilida toshbosma tarzida qo‘llanib kelingan.
Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Forobiyning «Nisobus - sibiyon» (Bolalar nasibasi), Alisher Navoyning «Xamsa» asaridan parcha, «Hayrat ul-abror» dostoni, SHermuhammad Munisning «Munis ul ushshoq» devoni, YOqubxo‘ja ibn Ibrohimxo‘janing «Devoni Xolis» to‘plami, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o‘nlab asarlar nashr etilgan. Turkiston o‘lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, chor ma’murlari ming-minglab rus oilalarini Markaziy Osiyoga ko‘chirib keltiradi. Farg‘ona viloyati, Sirdaryo, Samarqand va boshqa viloyatdagi (shaharlar) mahalliy dehqonlarning serunum yerlari tortib olinib, ularga beriladi. Ularning bunday hatti-harakatlaridan g‘azablangan atoqli shoir Cho‘lpon «Hazon» sarlavhali she’rida qahr ila yozgandi: Ay, savuq ellardan muz kiyib kelganlar, U qo‘pol tovushingiz qirlarda yo‘q bo‘lsun! Ey, manim bog‘imdan mevamni terganlar, Qop-qora boshingiz yerlarga ko‘mulsun! Rus-tuzem maktablari (rus. tuzemets – mahalliy aholi) – Turkistonda oktabr to‘ntarishiga qadar mahalliy aholi bolalari uchun ochilgan boshlang‘ich rus maktablari. Uni ochishdan asosiy maqsad o‘lkani ruslashtirish edi. Turkiston general-gubernatori K.P.fon Kaufman «musulmon va rus maktablarining ajralib turishi»ni iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi. Bu g‘oyani Kaufmanning izdoshigeneral-leytenant N.O.Rozenbax davom ettirib, ibtidoiy turdagi yangi maktablar – rus-tuzem maktablari tarmog‘ini yaratish loyihasni ishlab chiqdi. Birinchi rus-tuzem maktablari 1884-yil 19-dekabrda Toshkentda ochilgan, unda 41 bola o‘qigan. 1891-yil Xivada, 1894-yil Buxoroda ham ochilgan. Ularning soni XIX asr oxirida 100 dan oshgan. Rus-tuzem maktablarida ta’lim muddati 4 yil bo‘lgan. Rus-tuzem maktablari ruscha va mahalliy sinflarga bo‘lingan. Rus tili, o‘qish, yozish, hisob, geometriya, tarix, boshlang‘ich o‘zbek tili, arab tili va islom dini asoslari o‘qitilgan. Rus tili, o‘qish, yozish, hisob, geometriya, tarix darslarini rus o‘qituvchisi, o‘zbek tili, arab tili va islom dini asoslarini o‘zbek muallimi o‘qitgan. Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» (1902), Aliasqar Kalininning «Muallimi soniy» (1903), S.M.Gramenitskiyning 3 qismdan biorat o‘qish kitoblari rus-tuzem maktablari o‘quvchilarining asosiy darsliklari bo‘lgan. Ayrim rus-tuzem maktablari haqida kattalar uchun (rus grammatikasi asosini o‘rgatish maqsadida) kechki maktablar, ko‘chmanchi aholi uchun esa internatlar tashkil etilgan. Keyinchalik 2 yillik va ayollar uchun ham rus-tuzem maktablari ochilgan. Rus-tuzem maktablari mahalliy aholisining bir qismiga o‘sha davr uchun ilg‘or bo‘lgan madaniyat yutuqlaridan bahramand bo‘lish imkonini yaratgan. Rus muhojirlari Turkiston general – gubernatorining farmoniga binoan o‘lkada rus maktablari, rus tuzem maktablari, gimnaziya kabi maktablarni ochish va bu maktablarni kengaytirish hisobiga mahalliy maktablar, maktab madrasalarni siqib chiqarish maqsadida maorif islohotini o‘tkaza boshladilar. Bu bilan go‘yoki, ular Markaziy Osiyo aholisining savodxonlik darajasini oshirmoqchi bo‘ldilar va har bir qilingan ishni bo‘rttirib ko‘rsatishga urindilar. 1917-yilgi to‘ntarishgacha 21 foiz savodxon bo‘lgan o‘lka aholisini, yoppasiga savodsiz edi, deya kamsitishga urindilar, quruq bo‘hton yog‘dirdilar. O‘lka aholisini savodxon qilish uchun eng avvalo rus, rus tuzem, gimnaziya kabi o‘quv maskanlari kerak, madrasa va «usuli qadimiya» eski usul maktablarida, otinlar maktablarida savod chiqarib bo‘lmaydi degan siyosatni yurgizishga harakat qildilar. Bunga biz 1897-yildagi Rossiya tomonidan o‘tkazilgan aholini ro‘yxati ma’lumotlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Masalan, o‘sha aholi ro‘yhatida qayd etilishicha, Markaziy (O‘rta) Osiyo aholisining savodxondik darajasi quyidagicha belgilangan: Tojiklar – 99,5 % savodsiz; Qirg‘izlar – 99,4 % savodsiz; Turkmanlar – 99,3 % savodsiz; O‘zbeklar – 98,4 % savodsiz; Qozoqlar – 97,9 % savodsiz deb hisoblangan. Bu ko‘rsatkichlarning barchasi uydurma edi. Aslida Turkiston o‘lkasi xalqlarining savodxonlik darajasi chor Rossiyasi aholisininng savodxonlik darajasidan past emas edi. Chunki, Turkiston o‘lkasi xalqlari 1917yilgi to‘ntarishdan oldin shaxsiy va ommaviy maktablar, madrasalarda bilim olganlar, yuksak ilm egasi bo‘lganlar. Zero, yuqorida qayd etilgan aholi ro‘yxati ma’lumotnomasida rus xalqidan, rus millatidan boshqa millatga mansub fuqarolarni ataylab kamsitish chor Rossiyasining asosiy mafkuraviy kurashi natijasidir. Chunki ular rus va rus-tuzem maktablarini bitirganlarnigina savodli deb hisoblanganlar. Hatto, ular dunyoviy maktablar ochish, ona tilidagi darsliklar, gazeta va jurnallar nashr qilish va hokazolarni qat’iy ta’qib qilar edilar. Ayni vaqtda chor hukumati rus bo‘lmagan aholi yashaydigan joylarda maktablar ochar, bu maktablar esa o‘z oldiga ruslashtirish maqsadini qo‘yar edi. Chor hukumati tomonidan XX asrning 60-yillarida maktab ustavlari tasdiqlanib, shular asosida boshlang‘ich hamda o‘rta maktablar qayta tuzilib, rus bo‘lmagan xalqlar uchun maktablar tashkil etishga doir davlat hujjatlarini ishlab chiqishga kirishdilar. Maktab ishiga taalluqli asosiy siyosiy va idealogiya sohasidagi ko‘rsatmalar 1870-yilda chor Rossiyasi xalq maorifi noziri D.A.Tolstoy tomonidan ifodalab berilgan edi. «Bizning vatanimizda yashovchi barcha begona (rus bo‘lmagan) xalqlarning ma’lumotli bo‘lishining oxirgi maqsadi, deb ma’lum qilgan edi, u, - shubhasiz, ularni ruslashtirish va rus xalqi bilan birlashtirishdan iborat bo‘lishi kerak». Ruslashtirish ko‘rsatmasi 1870-yilda e’lon qilingan bo‘lib, unga binoan rus millatiga mansub bo‘lmagan barcha xalqlar uchta toifaga bo‘lingan edi. «Juda kam ruslashgan xalqlar», bularga Sharqiy Sibir va Povolje xalqlari kirar edi. Bu xalqlar uchun ochilgan maktablarda o‘qishni ona tilida boshlash va keyinchalik rus tilida o‘qitishga o‘tish tavsiya qilinar edi. «Ruslar ham yashaydigan rayonlarda yashovchi xalqlar». Bu joylardagi maktablarda o‘qitishning dastlab rus tilida olib borish ayrim hollarda ona tilining yordamiga tayanish va mumkin qadar tezroq faqat rus tilida o‘qitishga o‘tish taklif qilinar edi (masalan, gruzin bolalari o‘qitiladigan maktablarda o‘qitish shunday olib boriladi). «Yetarli darajada ruslashgan xalqlar». Ukrainlar, bellarus va boshqalar, bularning maktablarida o‘qitishni faqat rus tilida olib borish tayinlangan edi. Mazkur «Qoida»larni mana shu toifaga kiritilgan xalqlarga qo‘llanishnish 60 yillarda ijtimoiy harakat jarayonida vujudga kelgan ona tilida o‘qitish tajribasini batamom siqib chiqarishga olib keladi. Mana shu umumiy direktiv hujjat asosida ulkan Rossiya imperiyasining ayrim hududlardagi maktablarning ta’lim-tarbiyaviy ishi printsiplarini belgilab beradigan yo‘l-yo‘riqlar yaratiladi va e’lon qilinadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling