O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Download 0.7 Mb.
bet54/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Yakuniy suhbat o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexisizm (qisqa bayonli) suhbat – o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi hamda ularning yangi o‘quv metodikasini o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali o‘qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars so‘nggida qo‘llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yo‘q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida o‘quvchilar bilimlarni o‘zlarining tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o‘zlashtira olsinlar.
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. SHu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling