O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika


Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari


Download 0.7 Mb.
bet67/264
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1604920
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   264
Bog'liq
ped. qo\'llanma

Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari o‘quv dasturining katta bo‘limlarini takrorlash bilan bog‘liq va darhol mavzularni o‘rganilgandan keyin yoki o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarida bolalar turli o‘quv predmetlari bo‘yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o‘tkazishadi. Laboratoriya mashg‘ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o‘quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.
Dars tuzilishi zamonaviy dars amaliyoti va nazariyasida printsipial, ahamiyatga ega, xuddiy shunday ta’limda samaradorligi va natija egaligini aniqlab beradi. Dars elementlari sifatida quyidagi tarkibiy qismlar ajratiladi:
– yangi materialni o‘rganish;
uyga vazifa;
– bilimlarni nazorat qilish;
– bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish;
– o‘rganilgan materiallarni mustahkamlash45.

  1. Ta’limni tashkil qilishning noan’anaviy shakllari: o‘quv dialogi, munozara, didaktik o‘yinlar, trening va boshqalar

Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o‘yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O‘quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo‘llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-CHizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin.
O‘quv dialogi”
Har-xil darajadagi savollarni berishni shakllantiradigan usul.
O‘tkazilish bosqichlari:

  • Matn abzaslarga yoki tugalangan qismlarga bo‘linadi.

  • O‘quvchilar juftlikka bo‘linib, matnni o‘qishadi.

  • Birinchi o‘quvchi birinchi qism eksperti hisoblanib, ushbu qism bo‘yicha ikkinchi o‘quvchi birinchi o‘quvchiga savollar beradi, bunda ekspert o‘quvchi berilgan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi.

  • Matnning birinchi qismi bo‘yicha ish yakunlanganbdan so‘ng, o‘quvchilar joy almashishadi.

  • Matnning barcha qismlari ko‘rib chiqilmaguncha, ish jarayoni to‘htatilmaydi.

  • Xulosa chiqariladi.

  • Matn bo‘yicha berilgan savol - javoblarning sifati baholanadi.

  • O‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan matn bo‘yicha ish yoziladi.

  • O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qiladi.

Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-ogzaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling