O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti sharifzoda sardorbek o‘rozboy tabib o‘G‘li umumiy pedagogika
O‘quv ishlarini tashkil qilishning darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari shakllari
Download 0.7 Mb.
|
ped. qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni tayyorlash va o‘tkazish.
O‘quv ishlarini tashkil qilishning darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari shakllari
O‘quv mashg‘ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo‘shimcha ta’lim shakllari mavjud bo‘lib, bular amaliy - tajriba mashg‘ulotlari, qo‘shimcha darslar, fakul’tativlar, ekskursiya kabilardir. Bular darsda berilgan bilimlarni to‘ldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bog‘lash uchun uyushtirilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlardir. Bulardan tashqari, o‘quv yurtlari tajribasida fan to‘garaklari, ishlab chiqarish amaliyoti, o‘yin shaklidagi mashg‘ulotlardan ham foydalanmoqda. Laboratoriya mashg‘ulotlarida bolalar turli o‘quv predmetlari bo‘yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o‘tkazishadi. Laboratoriya mashg‘ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o‘quvchilar guruhlarga ajralib, turli eksperimental topshiriqlarni bajarishadi. Seminar mashg‘ulotlari nazariy muammolarni faol o‘rganish shakli hisoblanadi. O‘rta umumta’lim maktablarida seminarlar quyidagicha o‘tkaziladi: seminar uchun mavzu tanlanadi; mavzu bo‘yicha reja, ko‘rsatmalar beriladi; tayyorgarlik uchun yetarli vaqt ajratiladi; asosiy manbalar, ularning betlari aytiladi; maslahatlar beriladi. Seminarga barcha o‘quvchilar tayyorgarlik ko‘rishadi. Seminarning oxirida o‘qituvchi yakunlovchi suhbat o‘tkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi. Darsni tayyorlash va o‘tkazish. Zamonaviy darsga qo‘yilayotgan yuksak talablar o‘qituvchini har bir darsga juda puxta o‘ylab tayyorlanishga majbur qiladi. Har bir darsga puxta tayyorlanishning sababi o‘quvchilar tarkibining o‘zgarayotganligi, akseleratsiya jarayonlarining kuchayuvi, informatsiyalarning “sel”dek oqib kelayotganligi, turli mafkuraviy poligonlarning paydo bo‘layotganligi, ish sharoitlarining ham o‘zgarayotganligi, ta’limda yangi innovatsion axborot texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligidadir. Ammo, o‘qituvchining har bir alohida darsga tayyorlanish, uning o‘z o‘quv ishiga tayyorlanish tizimining bir qismi, xolos. Bu tizim: 1) o‘qituvchining o‘z predmeti bo‘yicha butun kurs yuzasidan tayyorlanishi; 2) o‘quv dasturining har bir mavzusiga tayyorlanish; 3) har bir darsga tayyorlanishni ichiga oladi. Har bir alohida darsga tayyorlanishda o‘qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: -mavzuni aniqlaydi va dars vazifalarini konkretlashtiradi; -o‘quv materiali mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab chiqadi(etakchi tushuncha, qonuniyat, fakt va amaliy ma’lumotlarni ajratadi); ilgari o‘rganilgan bilan bog‘lanishni, mazmunni joylashtirish mantiqini nazarda tutadi; -o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlari xarakterini aniqlaydi, ya’ni qanday ko‘nikma va malakalar shakllanishini, reproduktiv va izlanish faoliyati, mustaqil ish va o‘qituvchining roli o‘rtasidagi nisbat qanday bo‘lishini o‘ylab qo‘yadi. Shu shakllarni ishlab chiqadi, dars qismlarini ajratadi. -o‘qitish metodlari: masala, mashq, muammoli savollar, topshiriqlarni tanlaydi va aniqlaydi. O‘qitishning TV metodini tanlaydi va tekshiradi. -butun dars jarayonini rejalashtiradi. Yaxshi tayyorlangan darsni yana uyushgan holda aniq va samarali o‘tkaza bilish ham kerak. Bunda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 1) darsni aniq va uyushgan holda boshlash, buning uchun esa darsga hamma narsa oldindan tayyorlangan bo‘lishi kerak; 2) o‘quvchilar e’tiborini dars mazmuniga qarata bilish va uni butun dars davomida o‘quchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirib saqlay bilish. 3) darsda vaqtdan oqilona foydalanish; 4) o‘z xatti – harakatini kuzatish. G‘oyaviy e’tiqod, yuksak axloqiylik va madaniyat, gapirish va talab qilish, rag‘batlantirish, o‘quvchilarga murojaat qilish uslubi - bularning barchasi o‘qituvchi faoliyatining uslubini belgilaydi, hamda o‘quvchilarning zo‘r berib ishlashi yoki o‘ta emotsional qo‘zg‘aluvchanligini istisno qiladi. 5) darsda tadbirkorlikni namoyish qilish, yuzaga kelgan sharoitni, darsni o‘tkazish sharoitlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish zarur. 46 Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling