Nazorat uchun savollar:
1. Zamonaviy ta’limning asosiy turlarini ta’riflab bering.
2. “Ta’limning tashkiliy tizimi” tushunchasi mohiyatini tushuntirib bering.
3. Ta’limning individual shakli afzalliklari nimadan iborat?
4. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat?
5. Zamonaviy darsga qanday talablar qo‘yiladi?
8-mavzu: O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
Reja:
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari.
Ta’lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari.
O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.
Tayanch konspekt
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash tekshirish deb ham ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Oraliq tekshirish – bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bosqichi sanalib, o‘quvchilarning o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Oraliq nazorat – o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |