O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 156.5 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi156.5 Kb.
#216327
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fraza

Tadqiqot metodlari. Ishda tavsiflash, qiyoslash, statistik, lisoniy tajriba metodlaridan, shuningdek, kontekstual va komponent tahlil metodlari asosida tadqiq etishga qaratildi. Bundan tashqari frazeologizmlarga oid shu kunga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlarda mavjud metodlarga ham tayanildi.

Ishning ilmiy yangiligi. O`zbek tilshunosligida professor Sh.U.Rahmatullayev, F.Abdullayev, A.P.Hojiyev, I.Qo`chqortoyev, M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiyev, H.G.Ne’matov, R.Rasulov kabi olimlar tomonidan qo`llangan yo`l va usullar ishimiz uchun muhim yo`llanma vazifasini o`taganini e’tiborga oligan holda ushbu ishning ilmiy yaangiligini quyidagicha aytishimiz mumkin: o‘zbek tilida jargo, argo, tabu va evfemizmlarni solishtirib, taqqoslashdir.

Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Kurs ishimizning xulosa va natijalari o‘zbek tilshunosligi, xususan, o‘zbek tilida so‘z yasalish tizimi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishda, maqolalar yozishda, umuman, ilmiy adabiyotlar yaratishda ahamiyati katta. Shuningdek, ish materiallaridan soha bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratishda ham foydalanish mumkin. Shu bilan birga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari ona tili fanida amaliy qo‘llanma sifatida, oliy ta’limda hozirgi o‘zbek adabiy tili kursida amaliy mashg‘ulot darslarida mustaqil ishlarni bajarishda material sifatida foydalanish mumkin.


Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling