O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 156.5 Kb.
bet1/7
Sana05.01.2022
Hajmi156.5 Kb.
#216327
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fraza



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI

Hozirgi o‘zbek tili” fanidan


KURS ISHI

MAVZU: O‘zbek tilida frazeologizmlar va idiomalar, ularning umumiy va farqli jihatlari

Bajardi:

Qabul qildi:

Kurs ishi O‘zbek tilshunosligi kafedrasida himoya qilindi va ___ ball bilan baholandi (Bayonnoma № ____ )



Komissiya raisi:

Komissiya a’zolari:

Urganch – 2021



REJA:

I. Kirish.

II. Asosiy qism:

1. O‘zbek tilidagi frazeologizmlarning o‘ziga xos jihatlari

2. O‘zbek tilidagi idiomalar tasnifi

3. Frazeologizmlar va ideomalarning umumiy va farqli jihatlari



III. Xulosa.

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon tilshunoslik sohasida katta o’zgarishlar ro‘y berdi. Tildagi barcha birliklar xalqimizning til boyligi, javohirlari hisoblanadi. Hozirgi kun talablari bilan hayotimiz mezoniga e’tibor beradigan bo‘lsak, xalq tili o’zining ko’zga ko’rinmas kuchga egaligini namoyon qilmoqda. Yurtboshimiz bir nutqida: - ―Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma‘naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi, deya ta’kidlaydilar. Tilga bo’lgan bu kabi e‘tiroflar sabab ham tilshunoslikning barcha sohalari bo’yicha yangi tadqiqotlar yaratildi va yaratilmoqda. Jumladan, frazeologizmlar va ularning nutqiy kontekstda tutgan o’rni keng tadqiq etilmoqda.

U o’z tekshirish ob‘ektiga, tadqiq etish yo’li va usullariga ega bo’lgan fan tarmoqlari sifatida shakllanib bormoqda. Tilshunoslikda frazeologizmlarning leksik-semantik xususiyati, Grammatik tuslanishi va turlanishi o’rganilgan bir paytda, frazeologizmlarning badiiy matnda qo’llanilishi bilan bog’liq ba‘zi masalalar o’z echimini kutmoqda. Birinchi navbatda, frazeologizmlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, u badiiy asarning tiliga hamda so’zlashuv nutqiga jilo beradi, uni sayqallashtiruvchi ifodaviy tasvir vositalarining badiiy asarlar tilida namoyon etadi. Badiiy asar tilidagi individual – muallif frazeologizmlarini o’rganish, ularning ma’no qirralarini aniqlash, ularni frazeologik lug’atlarga kiritish kabi masalalar tilshunoslar e‘tiborida bo’lmog’i zarur. Badiiy asarlar tilining o’zi murakkab jarayon bo’lganligi uchun, badiiy asarlarda yozuvchining individual yondashuvi mavjudligi sabab turli mualliflarga oid badiiy asarlarni emas, asarlarida hayotiylik nafasi ufurib turuvchi qalami o’tkir yozuvchi O’tkir Hoshimovning badiiy asarlarida keltirilgan frazeologizmlarni tadqiq va tahlil etishni rejalashtirdik. Chunki o’zbek adabiy tili va badiiy asar tili frazeologizmlarini so’z san‘atkorlari tili va uslubi doirasida o’rganish salmoqli natijalarga olib keladi. Yangi nazariy fikrlarni hosil qilish va yangicha uslubdagi frazeologizmlarni yig’ishga erishish tufayli ham ish o’z dolzarbligini kasb etadi.

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Mazkur malakaviy tadqiqot ishining 1-bobida o’zbek tilshunosligida frazeologizmlarning o’rganilishiga doir ilmiy – nazariy ma’lumotlar bilan tanishib, badiiy asarlarda mazkur masalaning tadqiqiga oid fikrlarni jamlashga, badiiy matnda tutgan o’rnini belgilashga va asosiy xususiyatlarini ko’rsatishga e‘tibor qaratdik. Frazeologizmlarning semantik xususiyati borasida mufassal to’xtalishga harakat qilamiz.

Ishning obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti uchun darslik va qo‘llanmalarda berilgan umumnazariy ma’lumotlar, davriy matbuot sahifalaridagi va boshqa sohalardan olingan materiallar belgilandi. O’zbek tilida mavjud frazeologizmlar va yozuvchi tomonidan yaratilgan individual xarakterga ega yangi frazeologizmlar tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Ishning predmeti esa o‘zbek tili leksikasining rivojlanishi boyish manbalaridagi o‘ziga xos jihatlarini yoritishdan iborat.




Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling