Kurs ishining manbalari. Kurs ishimizning manbalari sifatida oldin bu sohada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalar, izohli lug‘atlar, shuningdek, badiiy asarlar fikrimizni tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Ishda asosan o‘zbek tili grammatikasi, turli davrlarda yaratilgan darslik va qo‘llanmalar, o‘zbek tilida o‘zbek tili leksikasining rivojlanishi boyish manbalariga bag‘ishlangan ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |