O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish
Download 0.78 Mb.
|
Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Tarbiyaviy tadbirlarda maqollarning pedagogik ahamiyati (Mehri daryo ustozlar tadbiri misolida)
1.2 Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodidan foydalanish2.BOB Boshlangich sinf oquvchilarida Axloqiy tarbiya shakillantirishda xalq maqollaridan foydalanishning usullari2.1.O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan foydalanish imkoniyatlari2.2 Tarbiyaviy tadbirlarda maqollarning pedagogik ahamiyati (Mehri daryo ustozlar tadbiri misolida)2.3 Tarbiya va odob haqida maqollarIII.XulosaIV.Foydalanilgan adabiyotlarI.Kirish Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanishning nazariy asoslariMavzuning dolzarbligi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarida katta islohotlaming sodir bo'lishi kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo'ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodning ana shu o'zgarishlarga dadil moslasha oladigan yuksak bilim, mahorat, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo'lishini talab etadi. Kishilik jamiyati el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon-e’tiqodi butun, mard va jasur, malakasi yetuk, ma’naviyati yuksak insonlar bilan haqli ravishda faxrlanadi”,-degan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Sog'lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida. Farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ong, milliy g'urur tushunchalarini singdirish uchun ular ma’naviy jihatdan sog'lom bo'lishlari zarur. Ma’naviy sog'lomlik esa jismoniy va ruhiy sog'lomlik bilan chambarchas bog'liq. Respublikamizda olib borilayotgan siyosatning va birinchi Prezidentimiz da’vatlarining mohiyatini ham ma’naviyati teran, boshqalar fikriga ergashmaydigan, iymon-e’tiqodi sof avlodni yetishtirish masalasi tashkil etadi. Zero, e’tiqodsizlik, turli yot oqim va mafkuralarga ergashish holati jamiyatni inqiroz sari yetaklaydi. Shu bois, birinchi Prezidentimiz deyarli barcha asarlarida yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondoshish va ularni yot g'oyalardan muhofaza qilish lozimligini ta’kidlaydilar: “Takror aytishga to'g'ri keladi-ota-onalar, ustoz murabbiylar bu masalada xushyorlikni yo'qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo'lmasligimiz zarur”[3.15-b] O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi (1997 yil, 29 avgust) Qonuni ta’limning barcha yo'nalishlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun imkon yaratdi.
Ta’lim sohasidagi islohotlardan asosiy maqsadi ham xalqimiz ongi va shuurida saqlanib kelayotgan vatanga e’tiqodni yosh avlodga singdirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida mamlakatimiz kelajagini belgilay oladigan barkamol hamda vatanparvar shaxsni shakllantirishdan iborat. Kurs ishining maqsadi. Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish asosida insonniylik sifatlarini tarbiyalash Kurs ishining predmeti: Axloqiy tarbiyani shaklantirishda xalq maqollarini o`rgatish metodlari o`rganish. Kurs ishining obyekti. Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish mavzusi bo`yicha tushuntirish ishlarini olib boorish jarayoni Kurs ishining vazifalari: Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling