O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Tarbiyaviy tadbirlarda maqollarning pedagogik ahamiyati (Mehri daryo ustozlar tadbiri misolida)


Download 0.78 Mb.
bet7/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#224830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish-hozir.org

2.2 Tarbiyaviy tadbirlarda maqollarning pedagogik ahamiyati (Mehri daryo ustozlar tadbiri misolida)


Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo’y–basti, ko’rinishi, kiyinishi va hatti–harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu–istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog’liq bo’lib bir-birini to’ldiradi. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O’zbekistron Respublikasi milliy istiqlol mafkurasiningf asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi. Ma’naviyat- shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra iltimoiy taraqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi. Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi. Jamiyat ma’naviyatini shakllantiruvchi omillar: madaniyat, ma’rifat, mafkura. Madaniyat (“cultura”- so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar majmui.

Ma’rifat- shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim va tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Mafkura (arabcha- “mafkura”-nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar majmui. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi.Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekistron Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz –milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash, o’zligimizni anglash”.Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum hatti- harakatlar, qoidalar yig’indisidir.Axloq odamlarning bir- birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlariga munosabatini muayyan tartibga solinadigan hatti – harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi.

Odob- odamlarning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutishi, boshqalar bilan qay yosin muomalada qilishi, o’z turmush, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish- turishi, hatti – harakatlari qanday bo’lishi lozimligi xususida bahs etadi. Aniqrog’i, axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob shaxsning ko’zga tashlanayotgan mulozamati, xulq- atvori, muomala munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi.Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo’l tutish kerakligini yaxshi o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda shu odatni namoyon qilishini taqozo etadi. Har bir odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga, turmush qoidalariga, jumladan, davlat qonunlariga muvofiq yoki xilof ekanligiga asoslanib muayyan fikr yuritiladi.

Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq – odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning zohiriy va botininy olamin, ayniqsa, qalb olamini o’rganish, bilish, tahlil etish g’oyatda qiyin. Bu ruhiyat bilan bog’liq holatdir. Axloqli, odobli komil insongaodamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr- muhabbat, rahm- shafqat, adolat, diyonat, hayo, iffat, vafo, sadoqat, himmat, saxovat, iymon, e’tiqod kabilar mujassam bo’ladi. Ayni holda shu xislatlarning aksi- beburd, axloqsiz kishilar fe’lida ko’rinadi. Birinchi Prezident I.Karimov mustaqilligimizning dastlabgi yillaridan boshlab axloq tarbiyasiga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birgalikda, ta’lim tizimini isloh etish masalariga diqqat qaratib kadrlar tizimining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillarini belgilab berar ekanlar, o’quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonli munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashni asosiy vazifalardan biri sifatida ko’rsatib o’tdi. Shuningdek, Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida “ Biror, bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongiga ma’naviy–axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”, - degan edi.



“Ma’naviyat- insonni ruhan yuksalish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki olamini, irodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch va uning barcha qarashlarining mezonidir ”1

Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarda xazinasida saqlanayotgan ming- minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astrronomiya, me’morchilik sohalariga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalaik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan – kam topiladi. Tarixiy yodgorliklar namunalari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularda ifoda etilgan teran fikr va g’oyalar, ma’naviy- axloqiy qarashlar, hayot falsafasi bizni bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganiga amin bo’lamiz.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling