O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 0.78 Mb.
bet8/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#224830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Axloqiy tarbiyada xalq maqollaridan foydalanish-hozir.org

2.3 Tarbiya haqida maqollar

Ayg'ir qanday bo'lsa, ot shunday.
Beshikda tekkan, kafanda ketar.
Bir kattaning gapiga kir,
Bir — kichikning.
Bir qilgan — madad,
Ikki qilgan — odat.
Bola boqqandan olov yoqqan yaxshi.
Bola — yoshidan,
Xotin — boshidan.
Bola ko'rganini qilar,
Ota — bilganini.
Bola — loy, ona — kulol.
Bola tuqqanniki emas tarbiyalaganniki.
Bolani so'ksang, beti qotar,
Ursang, eti qotar.
Bog'ing bo'lsa, qo'ra qil,
O'g'ling bo'lsa, mulla qil.
Boqsang botir qilasan,
Tergasang — tentak.
Buzishga o'rganma, tuzishga o'rgan.
Buzuqi qarisa ham, g'amzasi qarimas.
Bukrini go'r tuzatar.
Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil.
Daraxtiga ko'ra — mevasi,
Ota-onasiga ko'ra — bolasi.
Dard ketar, odat qolar.
Daryo to'la suv bo'lsa ham,
It tun bilan suv ichar.
Daryo chuchuk — ariq chuchuk.
Daryo achchiq — ariq achchiq.
Yetti yoshga yetguncha,
Yer to'qmog'in yersan.
Yetmish yoshga yetguncha,
El to'qmog'in yersan.
Igna qayoqqa yursa,
Ip ham shu yoqqa yurar.
Illat ketar, odat ketmas.
Itni qopag'on qilgan — egasi.
Katta arava qaydan yursa,
Kichik arava shundan yurar.
Katta boshlar, kichik tashlar.
Kishi yo'q deb so'zlama,
Og'zing yomon o'rganar.
Odam bo'lar yigit odatidan ma'lum,
Tulpor bo'lar qulun — muchasidan.
Odam odamdan qutular,
O'z fe'lidan qutulmas.
Odat bir, tabiat boshqa.
Olti kun och qolsang ham,
Otang odatini qo'yma.
Ona suti bilan kirmagan
Tana suti bilan kirmas.
Ona qilsa zo'rlikni,
Bola tortar xo'rlikni.
Onadan ko'rgan to'n bichar,
Otadan ko'rgan o'q yo'nar.
Ot bilan bo'lsa eshakning oxuri,
Rangi yuqmas, fe'li yuqar oxiri.
Ot bo'lsang, choparsan,
It bo'lsang, qoparsan.
Ota g'ayrath bo'lsa,
Bola ibratli bo'lar.
Otadan — o'g'il, onadan — qiz.
Otasi buzuqning biri — buzuq,
Onasi buzuqning bari — buzuq.
Otasi tentakning birisi — tentak,   
Onasi tentakning barisi — tentak.
Otasini so'rasang — Ahmadi forig',
Onasini so'rasang — tovoni yoriq.
Otning fe'li egasiga ma'lum.
Semiz qo'zining go'shti yaxshi,
Oqil onaning — qizi.
Suv bilan ekin o'sar,
Tarbiya bilan — odam.
Suv boshidan loyqa.
Suv boshidan yaxshi,
Hosil — tagidan.
Sut bilan kirgan jon bilan chiqar.
So'ksang — so'kuvingda,
Ursang — uruvingda.
Tayoq ayiqni ham mulla qilar.
Tayoq maymunga namoz o'qitar.
Tayoq o'g'rini to'g'rilar,
Go'r bukrini to'g'rilar.
Tananing turqi tuqqaniga ma'lum.
Tarki odat — amri mahol.
Terakka qarab, tol o'sar.
Onaga qarab, qiz o'sar.
Toyni ot qilguncha,
Egasi it bo'lar.
Tog' yerdan o'sib chiqar,
Odam — ota-onadan.
Tulpor — biyadan,
Mard — enadan.
Tulpor tubiga tortar.
To'qqizida qanday — to'qsonida shunday.
Usta qanday — shogird shunday.
Ustoz bilimli — shogird ilmli.
Xotin olsang, yoshdan ol,
Jilovini boshdan ol.
Charxni buzgan — parrasi,
Qizni buzgan — onasi.
Egasiga ko'ra biyasi.
Egri butoqni niholida tobini ol.
Er bolasi — er,
Sher bolasi — sher.
Erka tutsa onasi,
Taltayadi bolasi.
To'g'ri tutsa onasi,
Yurtga ega bolasi.
Erka o'g'il yovga yaramas,
Erka qiz — ishga.
Eshigi yomonning uyiga borma,
Onasi yomonning qizini olma.
Yugansiz otni o'rgatib bo'lmas.
Yaramas odat ko'p bo'lar,
Eng yomoni — kunchilik.
Yaxshi kishi bolasi
Yuqoridan siy topar.
Yomon kishi bolasin
Tuyada ham it qopar.
O'zing pishirgan osh —
Aylanib ich, o'rgulib ich.
O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas.
O'rgangan qiliq o'lganda qolar.
O'g'lingni sevsang, quldek ishlat.
O'g'ri o'rganganini o'lguncha qo'ymas.
Qarg'ani boqqan bilan qush bo'lmas.
Qiz bersang, otasiga qarab ber,
Qiz olsang, onasiga qarab ol.
Qiz saqlay bilmagan gung etar,
Ipak saqlay bilmagan yung etar.
Qizni onasi tiysin,
O'g'ilni — otasi.
Qon bilan kirgan jon bilan chiqar.
Qorindagi qiliq qora yerda qolar.
Qush uyasida ko'rganini qilar.
Qo'zi qo'chqordan nishon,
O'g'il — otadan.
G'ayratlining bolasi tanbal bo'lar.
Ho'kizning o'tini yeb,
Qo'yning qihg'ini qilma. 


 

Xulosa


Xulosa qilib aytganda, xalq maqol, matal va iboralarining o’rni xalqimiz ma’naviy olami, kamoloti va farzandlar tarbiyasida beqiyos o’ringa egadir. Yuqorida sanab o’tilgan paremik janrlar og’zaki ijodning qadimiy va ommaviy janrlaridan bo’lib, xalqimizning dunyoqarashini aks ettirgan. Ular jamiyatda ro’y berayotgan voqelikni o’zida aks ettiradi. Maqol, matal va iboralar so’z tartibi rang-barang mavzularni aks ettirishi bilan xarakterlidir. Xalq maqollari va iboralari inson hayotining har bir jabhasini qamrab oladi. Ularda qayg’uli kunlar ham, shodlikka to’la lahzalar ham aks etadi. Men kurs ishimning so’ngida maqol, matal hamda iboralarni qiyosiy o’rganib quyidagi xulosalarni aytib o’tishimiz mumkin.

Xalq maqollarida doimo tugal mazmun ifodalanadi. Kafil bo’lma, kafansiz ketasan  kafil bo’lmoq  - birovni mudofaa qilmoq, o’z himoyasiga olmoq. Masalan, bir odam bir odamdan qarz so’rasa, boshqa bir odam oraga tushib, qarz beruvchiga: “Hech ikkilanmay beravering, falon paytda qaytaradi, bunga mana men kafil” deydi. Qarz beriladi. Bordi-yu shundan keyin biror kor-hol ro’y berib qolsa (qarz olgan odam to’lab ulgurmasdan o’lib qolsa) taomilga ko’ra kafil bo’lgan odam o’sha qarzni o’z yonidan to’lashga majbur bo’ladi. Yuqoridagi maqolda “zinhor kafil bo’la ko’rma!” deb uqtirilishining boisi ana shunda. “kafansiz ketasan” deyish bilan – Kafil bo’lsang bor-yo’g’ingdan ajrab, hatta kafan sotib olishga qurbing yetmay qoladi – qabilidagi qat’iy hukm ifodalanyapti. So‘z san’atining mahsuli sifatida maqollar ham badiiyat hodisalaridir. Ularda bir so‘zning o‘nlab ma’no qirralari, badiiy tasvir vositalari, poetik ko‘chimlarining barcha namunalarini uchratish mumkin. Masalan, qo‘lingizdagi to‘plamda qaysi maqol tarkibida kelishiga qarab birgina yomon so‘zi yomonlikdan tashqari xudbinlik, tekinxo‘rlik, egrilik, insofsizlik, dushmanlik, qo‘rqoqlik, nodonlik, ilmsizlik, odobsizlik, baxillik, manmanlik, noshudlik, yolg‘onchilik, sabrsizlik, bevafolik, ochko‘zlik, nomussizlik, isrofgarchilik va hokazo ma’nolarni ifodalaydi. Bu — maqollarda so‘zlarning ma’no imkoniyatlari naqadar kengligini ko‘rsatadi. Maqol-xalq og’zaki ijodining ommaviy janrlaridan biridir. Asrlar davomida og’izdan-og’izga o’tib kelgan maqollar xalqning dunyo qarashi jamiyatga bo’lgan munosabati ,tarixi va ruxiy holatini ifodalaydi.Maqollarda hayotiy tajribalar natijasida kelob chiqqan qimmatli fikrlarning hulosasi ifodalanadi maqollar ko’pincha sheriy shaklga ega bo’ladi.Ular o’zining ixcham pishiq va puxtaligi bilan ham xalq og’zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi.

 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling