O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
12-13 yoshdagi darvozabonlarni texnik-taktik jixatdan tayyorlashda maxsus mashqlarning ahamiyati
2.2.5. Matematik-statistik uslub
Tadqiqot natijasiga ko‘ra texnik xarakatlarni xajm va sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan bo‘lib, ularning asosan xsusiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda yana olingan natijalarni o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra yosh darvozabonlarni texnik-taktik ko‘rsatkichlari aniqlanib, ularning xsusiyatlari o‘rganilgan.
50
2.3. Tadqiqotning o‘tkazilishi Magistrlik ishida kuzatuvlar va tadqiqot ishlari 2016-2017 yillar Urganch Shahar futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internatida futbol bilan Shug‘ullanuvchi sportchilar jamosida olib borildi. II-bobning qisqacha xulosasi Ilmiy –tadqiqotchilik faoliyati xozirgi davr fani muvaffaqiyatining garovidir. Bugungi kunda bizni o‘rab turgan jamiki narsalar-bu inson ilmiy faoliyatining amaliy Shakllari bo‘lib xisoblanadigan texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayoni orqali moddiy boyliklarda mujassam bo‘lgan aqliy ish maxsulidir. Mazkur ishning tadqiqot vazifalari va uni tashkil etilishi bobida tadqiqotning vazifalari, tadqiqot uslublari yoritilib ularga izox berildi. Ilmiy – uslubiy adabiyotlarning nazariy taxlilida futbol mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borishda texnik tayyorgarlik xolatlari, Shug‘ullanuvchilarning texnik-taktik tayyorgarligi, jismoniy tarbiya va sport bilan Shug‘ullanishga xoxish-istaklari muammolarini yorituvchi o‘quv – uslubiy va ilmiy adabiyotlar taxlil qilindi. Pedagogik kuzatuvlar butun tadqiqot davomida qo‘llanildi va o‘rganilayotgan ma’lumotlarni olishning eng muxim uslubi bo‘lib xizmat qildi. Tajriba o‘tkazilishining boshlang‘ich bosqichida pedagogik kuzatuvlar futbol mashg‘ulotlarini tashkil qilinishi va o‘tkazilishi, Shug‘ullanuvchilar tayyorgarligi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi axborotlarni olish uchun qo‘llanildi. Nazora sinovlarini tanlash ilmiy-uslubiy adabiyotlar ma’lumotlari va nazorat mashqlarining taxlili asosida
amalga oshirildi. Natijada Shug‘ullanuvchilarning texnik tayyorgarligi darajasini aniqlovchi testlar, texnik- taktik tayyorgarlikni nazorat qilish uchun mashqlar tanlab olindi. Tadqiqotlar jarayonida o‘rganilayotgan xar bir xodisa uning rivojlanishi jarayonida, o‘zaro aloqada va nisbatda tekshirildi.
51
Tadqiqotlar jarayonida o‘rtaga tashlangan nazariy qoidalar va farazlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlash imkoni bo‘ldi. Shunday qilib, ushbu magistrlik dissertatsiya ishida xam ilmiy soxadagi umumiy usul va tamoyillardan foydalanildi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling