O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
Urganch davlat universiteti o`quv ishlari bo`yicha prorektori:
_____________dots. S. Xo’janiyazov
“_____” ________________2013yil
«KOMPLEKS ANALIZNING QO’SHIMCHA BOBLARI»
fanidan
O’QUV DASTURI
Bilim sоhasi: 100 000 – Gumanitar soha
Ta’lim sоhasi: 130 000 – Matematika
Mutahassislik: 5А130101-Matеmatika (yo’nalishlar bo’yicha)
URGANCH - 2013 yil
Ushbu fan dastur Magistratura mutaxassisligi Davlat ta’lim standartiga muvofiq UrDU ”Funksiyalar nazariyasi” kafedrasida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar: f.-m.f.n. A.A. Atamuratov
Taqrizchi: f.-m.f.n., dots. R. M. Madraximov
Ishchi dastur «Funksiyalar nazariyasi» kafеdrasida ____ avgust 2013 yilda muhоkama qilindi (bayonnоma №1)
Kafеdra mudiri : dots. R. M. Madraximov
Ishchi dastur matеmatika fakultеtining ilmiy kеngashida ___ avgust 2013 yilda tasdiqlandi
Fakultet dekani: dots. B.I.Abdullayev
KIRISH
«Kompleks analizning qo’shimcha boblari» fani bakalavriat ta’lim yo’nalishida o’tiladigan «Kоmplеks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi» fanining uzviy davоmidir. «Kompleks analizning qo’shimcha boblari» fanida kоmplеks analizning ba’zi bo’limlari tanlab оlingan bo’lib, magistratura ta’lim yo’nalishida chuqurlashtirilgan hоlda o’tiladi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi talabalarga nazariy bilim berish, tegishli tushunchalar, tasdiqlarni, kompleks ko’xilliklar nazariyasiga xos bo’lgan isbotlash usullarini o’rgatish, olingan nazariy bilimlarni masalalar yechishga tadbiq eta bilish, ularda mantiqiy fikrlash, abstract tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir.
Fanni o’qitishning vazifasi talabalarga matimatika fanining yangi rivojlanib borayotgan Kompleks ko’pxilliklar nazariyasiga oid bilimlarni berish, olgan nazariy bilimlarni masalalar yechishga qo’llay bilish malakalarini shakllantirish, yuksak abstract fikrlash malakasini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |