O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti «tasdiqlayman»


Fan bo’yicha talabalar bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar


Download 60 Kb.
bet2/4
Sana19.09.2023
Hajmi60 Kb.
#1681683
1   2   3   4
Bog'liq
3494 KAKBfan dasturi

Fan bo’yicha talabalar bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar

«Kompleks analizning qo’shimcha boblari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistrant ko’pxillik tushunchasi, kompleks kopxilliklar, ko’pxilliklarda analitik funksiyalar, yaratuvchi ko’pxilliklar, differensial formalar, integrallash va differensiallash, Shteyn, Parabolik, Keli ko’xilliklari va ularning xossalari haqida tasavvurga ega bo’lishi va ulardan foydalana olishi kerak


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Matematikada kompleks ko’pxilliklar nazariyasi alohida o’rin tutadi va matematikning boshqa ko’pgina sohalariga tadbiq etilayotgan navqiron yo’nalishlardan biri sifatida rivojlanib bormoqda. Shu boisdan kurs ko’p kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi, Analizning tanlangan boblari fanlari o’qitilganidan keyin ularga tayangan holda o’qitiladi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

Mazkur dasturga ko’ra ushbu fan doirasida ko’plab model masalalar o’rganiladiki, bu mazkur fanni chuqur o’rgangan har bir magistrant olgan bilim va ko’nikmalarini ilmiy-tadqiqot ishlarida, axborot texnologiyalari masalalarini hal qilishda, shuningdek, talim tizimida samarali foydalanishi imkonini beradi.




Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar

Kursni o’qitish ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, seminar mashgulotlari va mustaqil ta’lim ko’rinishida olib borish bilan birga o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga ega. Chunonchi, ushbu fanni o’qitish jarayonida yangi matematik dasturlar Maple, Mathcad va mavjud elektron darsliklar, vebsaytlardan foydalaniladi.




Asosiy qism
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni

Ko’pxillik tushunchasi. Kompleks ko’pxilliklar. Misollar. Grassman ko’pxilligi. Kompleks ko’pxilliklarda golomorf funksiyalarning sodda xossalari. Minkovskiy fazosini kompleksifikatsiyasi. Differensial formalar. Formadan integral tushunchasi. Stoks formulasi. Koshi-Puankare teoremasi. fazoning qism ko’pxilliklari. To’liq haqiqiy ko’pxilliklar. Yaratuvchi ko’pxilliklar. Virtinger teoremasi. Fubini-Shtudi formalari. Analitik to’plamlar. Veyershtrassning boshlang’ich teoremasi. Nisbat haqidagi Veyershtrass teoremasi. Analitik toplamlar xossalari. Keli ko’pxilligi.





Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling