O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat Universiteti
Tarix fakulteti Tarix yo`nalishi
207-guruh talabasi Yuldashev Boburmirzoning
Jahon tarix fanidan
KURS ISHI
Mavzu:XVIII-XIX asrlarda Yevropada fan va texnika.
Bajardi: Yuldashev Boburmirzo
Tekshirdi: Matyoqubov Hamdam
Urganch 2023
MUNDARIJA:
I. KIRISH……………………………………………………………………….....3
I.BOB. Gollandiya, Flandriya, Italiya, Ispaniya rassomlarining hayoti va ijodi. Shu davrlarda yangi kirib kelgan oqimlar klassitsizm, barokko.....................................................................................................................5
1.1.XVIII – XIX asrlarda yevropa san’ati..................................................................6
1.2.Ilmiy va texnologik inqilobning xususiyatlari va ijtimoiy oqibatlari 1.3. Ilm-fan taraqqiyoti …………………...............................…....………………..14
II.BOB.Yevropada fan taraqqiyoti ......................................................................17
2.1.Texnika taraqqiyotining rivoji ........................………………………………...18
2.2.Adabiyot...................................................…………………………….………23
III.XULOSA……………………………………………………………………...31
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………33
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Ilm-fan taraqqiyoti, jug‘rofiy kashfiyotlar, yangi qit’alar, dengiz yo‘llari xalqlarning o‘zaro aloqasi jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Jahon xalqlarining ijtimoiy hayoti faollashdi. Yevropa mamlakatlarida taraqqiyot birmuncha tezlashdi. Ular ko‘pgina o‘lkalarni bosib olib, o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Gollandiya va boshqa Yevropa mamlakatlari uchun arzon xomashyo, ishchi kuchi va yangi bozorlar ochilib, ular tez rivojlana boshladi. Bu davrda Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya qit’alarida ham qator ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, Sharq mamlakatlarida an’anaviy san’at va madaniyat turlari bilan bir qatorda, san’atning yangi tur va janrlari yuzaga keldi. Amaliy bezak san’atiga yangi davr texnologiyasi joriy qilina boshladi. G‘arb va Sharq san’ati an’analari uyg‘unligida yangi san’at yo‘nalishlari shakllandi.
Jahon ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida ro‘y bergan bu o‘zgarishlarda Yevropa muhim o‘rin tutadi. Chunki Sharq va G‘arbning san’at sohasidagi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan Yevropa qit’asida feodal jamiyati qoloqligiga, ijtimoiy hayotda dinning hukmron bo‘lib qolishiga qarshi chiqish boshlandi. Bu esa yangi munosabatlarning shakllanishiga zamin yaratdi. Xususan, Niderlandiya va Angliya bo‘lib o‘tgan xalq g‘alayonlari O‘rta asr tartibi va diniy cherkov hukmronligiga zarba berdi. Gollandiya Yevropada namunali kapitalistik davlat tarzida rivojlana boshladi. Lekin feodalizm Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida o‘z hukmronligini saqlab qolaveradi. Jumladan, Fransiya va Ispaniyada markazlashgan absoyut monarxiyalar vujudga keldi. Italiya va germaniyada feodal tarqoqlik hukm surd .Xalq absolyut monarxiya zulmiga norozolik bildirib, bosh ko‘tardi. Ilg‘or ziyolilar, ma’rifatparvarlar bu qarashlarni qo‘llab-quvvatladilar. Ular feodalizm qoloqligini qoraladilar, fikr erkinligi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarga qarshi chiqdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |