Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi


Download 416 Kb.
bet2/2
Sana06.06.2020
Hajmi416 Kb.
#115603
1   2
Bog'liq
Kurs ishi №1

Kirish


Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo’lib o’tirish

taraqqiyot yo’lidagi eng kata g’ovdir”

Mirziyoyev Shavkat Miromonovich

Byudjet hisobi bu byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar holati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.

Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.

Byudjet hisobining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.

Byudjet hisobi Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.

Byudjet hisobining vazifalari:



  • Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;

  • Byudjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish;

  • Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;

  • Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;

  • Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

  • Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.1

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining buxgalteriya hisobi xususiyatlarini tashkil etish va uni takomillashtirishni nazariy asoslash hamda aniq tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

- tasdiqlangan byudjet parametrlari xarajatlar smetalari va shtatlar jadvali doirasida birinchi va ikkinchi guruhlarga kiritilgan to‘lovlarni birinchi navbatda belgilangan vaqtda to‘liq moliyalashtirishni aniqlash;

- uchinchi guruh bo‘yicha kapital qo‘yilmalar xarajatlarini investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlarning manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha o‘rnatilagn moliyalashtirish rejalari doirasida amalga oshirish;

- xarajatlarning to‘rtinchi guruhiga kiritilgan ustuvor to‘lovlar, oziq-ovqat va dori-darmonlar sotib olish xarajatlarini birinchi va ikkinchi guruh to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgandan keyingina belgilab berish;

- boshqa moddalar bo‘yicha xarajatlarni (kapital qo‘yilmalar, safar va o‘quv xarajatlari, kommunal xizmatlar, xo‘jalik xarajatlari, yumshoq va boshqa jihozlar sotib olish, kapital ta’mirlash va boshqa xarajatlar) yuqoridagi to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng daromadlar tushumiga qarab tartibini aniqlash;

- xizmat kursatuvchi tijorat banklari tomonidan xarajatlarni naqd pul bilan ta’minlashning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, uch kun ichida tijorat banklariga nisbatan xo‘jalik sudlariga byudjetga keltirilgan zararni qoplash uchun belgilangan tartibi yuzasidan takliflar berish;

- huquqiy shaxs maqomi berilgan byudjet tashkilotlarining faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshirishlari uchun buxgalteriya hisobi xususiyatlarini hisobga olish tartibini aniqlash.



1 “Byudjet hisobi” fanidan ma’ruza matni. Toshkent moliya instituti. 2015-yil.

  1. Davlat byudjeti to‘g‘risida tushuncha va korxonalar

faoliyatini unga bevosita va bilvosita ta’siri.

Davlat byudjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat byudjetida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bularning hammasi davlat byudjeti daromadlari o‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat byudjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin.1

Byudjet davlat daromadlarining asosiy qismini o‘zida jamlaydi va davlatning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy vazifalarini amalga oshirish uchun zaruriy pul mablag‘lari fondini o‘zida aks ettiradi.



Jamiyat taraqqiyotida xo‘jalik mexanizmining bosqichma-bosqich takomillashib borishi, davlatlarni jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy tizimidagi roli ortishi ularning ixtiyorida ijtmoiy ishlab chiqarish natijasida yaratiladigan qo‘shilgan qiymatning bir qismi hisobiga doimiy ravishda pul resurslarining shakllantirilishini ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi. Bunday davlat ixtiyoridagi markazlashtirilgan pul fondlarining asosiy shakli byudjet bo‘lib, byudjet davlatning asosiy moliyaviy rejasi hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish bo’ladi.”

Bozor munosabatlariga o‘tilishi va davlat boshqaruvining demokratik tamoyillarini shakllantirish asoslaridan biri bo‘lgan iqtisodiyot erkinlashtirishning hozirgi sharoitida makro va mikro darajadagi moliyaviy resurslar oqimlarining barqaror mexanizmlarini shaklla ntirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy resurslar oqimlarini mukammallashtirish iqtisodiyotni rivojlanishining o‘zaro nisbiyligini va tengligini ta’minlaydi, iqtisodiyotning turli sektorlari va sohalari rivojlanishi va samarali ishlashini ta’minlaydi hamda byudjet daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi ta’minlanadi.

Davlat byudjetining mohiyati ham davlatning qo‘lida markazlashtirilgan pul jamg‘armalari tashkil etilishi va davlatning ijtimoiy - iqtisodiy siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni natijasida yaratilgan qiymatni bir qismi hisobiga markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq pul munosabatlarini bildiradi.

Byudjet munosabatlari – jamiyat iqtisodiy tizimining ajralmas qismi uning amal qilishi davlat tomonidan unga tegishli funksiyalarni bajarishi uchun zaruriy moliyaviy bazani shakllantirish bilan ob’ektiv ravishda aniqlanadi.

Davlat byudjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog‘liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tinchlik, chegaralar dahlsizligini saqlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo‘lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat byudjet orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo‘ladi. Davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyatining iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asosini yaratadi.

Demak, bir tomondan byudjetning paydo bo‘lishi davlatlarning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi davlat islohotlarini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatidagi byudjetning sifat belgilariga aniqlik kiritiladi.

Byudjet - murakkab iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki uning moddiy asosini kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi. Byudjet sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida birinchi darajadagi vazifa uning moddiy mazmunini o‘zida aks ettiruvchi takror ishlab chiqarish nisbatlari buzilishiga salbiy ta’sir etmasligi lozim (hatto har qanday kuchli ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan byudjet siyosatida ham). Aks holda asoslanmagan byudjet siyosati natijasida ishlab chiqarish jarayonidagi tanazzuliklarga olib kelinadi va oxir oqibat davlat byudjeti daromadlari shakllanishida ham muammolar paydo bo‘ladi.

Byudjetning daromadlari va xarajatlari byudjet hisobining asosiy ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning byudjet ijrosi jarayonining ayrim bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega.

Davlat byudjeti daromadlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:



  1. yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;

  2. jismoniy shaxslardan tushgan mablag‘larga bo‘linadi.

Davlat byudjeti daromadlari byudjetga tushish tavsifi bo‘yicha:

  1. soliqlar sifatidagi tushumlar;

  2. nosoliq tushumlarga bo‘linadi.

Davlat byudjeti daromadlari ularning hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha:

  1. hisoblangan daromadlar;

  2. kassa daromadlariga bo‘linadi.

Davlat byudjetining hisoblangan daromadlari. Byudjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak bo‘lgan daromadlar davlat byudjetining hisoblangan daromadlari, deb ataladi. Davlat soliq va moliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi olib boriladi.

Davlat byudjetining kassa daromadlari. Byudjetning bankdagi schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat byudjetining kassa daromadlari, deb ataladi. Kassa daromadlari byudjetning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham byudjet daromadlarining tushumi haqida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi.2

Davlat byudjetining kassa xarajatlari. Byudjetning bankdagi schotlaridan byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag‘ beriladi. Byudjet mablag‘lari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan berilishi mumkin. Byudjetning bankdagi schotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat byudjetining kassa xarajatlari, deb ataladi.

Davlat byudjetining haqiqiy xarajatlari. Byudjet mablag‘lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat byudjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Byudjetning haqiqiy xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlarning paydo bo‘lish joylaridagina, ya’ni byudjet tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda olib boriladi.

Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni bank muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni esa byudjet tashkilotlaridan va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan oladi.

Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar byudjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari byudjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi

Davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasida yuzaga keluvchi moliyaviy munosabatlar byudjet munosabatlari hisoblanadi. SHuningdek, byudjet munosabatlarining moliyaviy munosabatlardan farqli jihatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimi mumkin:

- byudjet davlat qo‘lida milliy daromadning bir qismini jamlash, ijtimoiy

- byudjet yordamida milliy daromadning bir qismi va ayrim holatlarda milliy boylik xalq xo‘jaligining tarmorqlari, mamlakat hududlari, ijtimoiy faoliyat sohalari o‘rtasida qayta taqsimlanadi;

- qiymatni byudjet orqali qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bo‘g‘inlariga nisbatan yirik miqdorni tashkil qiladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va jamiyat rivojlanishining har qaysi tarixiy bosqichlarida uning rivojlanishi oldidagi vazifalari orqali aniqlanadi;

- byudjetni taqsimlash sohasi davlat moliyasida markaziy o‘rinni egallab, moliyaning boshqa bo‘g‘inlariga nisbatan byudjet muhim ahamiyatga ega;

- byudjet munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ular YAIM va milliy daromadning taqsimlanishi jarayonida davlat ixtiyorida markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq imperativ xarakterdagi pul munosabatlari tizimidir.

Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat byudjeti - ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan YAIM va milliy daromadni taqsimlanish jarayonida davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimi hisoblanadi.

Huquqiy kategoriya sifatida, davlat byudjeti - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Milliy iqtisodiyotimizdagi makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi mamlakat milliy iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, mahalliylashtirish dasturini davom ettirish, milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini yanada oshirish, kichik biznes va tadbirkorlik hududlar va tarmoqlar kesimida yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, aholining turmush darajasini yanada oshirish, iqtisodiyotning moliyaviy sektorini barqarorligini ta’minlashga qaratilgan har tomonlama puxta o‘ylangan izchil siyosatning pirovard natijasi bo‘lmoqda.

Bunda davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat byudjeti alohida ahamiyatga ega bo‘lib, belgilangan byudjet soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlarining samarali ijrosi yuqorida tilgan olingan ijtimoiy- iqtisodiy inlohotlarning natijalariga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida davlat moliyasining barqarorligi kuzatildi va unda quyidagilar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi:

- yangi tahrirdagi soliq konsepsiyasi qabul qilinishi soliq tizimining huquqiy maqomining yanada takomillashuvini ta’minladi;

- soliq yukini yanada qisqartirish va soliq ma’murchiligini takomillashtirilishi natijasida tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berildi;

- kuchli ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish va uni barqaror moliyaviy ta’minlash mablarini shakllantirishda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning alohida ahamiyatini hisobga olgan holda davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy- madaniy tadbir xarajatlari va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlari ustuvor ahamiyat kasb etdi. Natijada aholining turmush darajasini yanada oshirish va ularning daromadlarini izchil oshiri, ish haqi stipendiya, ijtimoiy nafaqa va pensiya miqdorini inflyasiya darajasidan yuqori miqdorlarda ko‘paytirish yo‘li bilan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlashni kuchaytirildi;

- davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini joriy etilishi uning kassa ijrosini yagona standartlar va tartiblarga muvofiq samarali ijrosining ta’minlanmoqda;

- joylardagi ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy moliyaviy manbalaridan biri bo‘lgan mahalliy byudjetlarning daromad bazasini yanada mustahkamlash, ularni dotatsiyadan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ularning barqarorligi ta’minlandi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai soliqlar hisoblanib, 2019-yildagi soliq siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:

- davlatning fiskal manfaatlarini inobatga olgan holda tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq yukini yanada kamaytirish, bunda to‘g‘ri soliqlar bo‘yicha soliq yuki alohida ahamiyatga ega bo‘lib, pirovard natijada ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkoniyat yaratildi;

- soliq ma’murchiligi yanada soddalashtirildi va soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash natijasida soliq tizimining shaffofligi oshirildi.

Davlat byudjeti daromadlaridagi soliqlarning ulushi quyidagi jadval ma’lumotlarida keltirilgan.



1- jadval

Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi yillar kesimida
(mlrd so‘mda)


Daromadlar turlari

2017-

yil uchun



2018-

yil uchun



2019-

yil uchun prognoz



2017-2019 yillardagi o’sish ko’rsatkichlari (foizda)

1. Bevosita soliqlar

10674,12

10807,4

29125,55

272,4

2. Bilvosita soliqlar

23865,49

33101,7

47141,06

197,3

3. Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i

6049,54

9714,44

16796,26

277,6

  1. Ortiqcha foyda solig‘i

723,20

1367,7

130,00

82,0

5. Boshqa daromadlar

2894,67

4499,3

56235,72

1943,1

Jami davlatning maqsadli fondlari ishtirokisiz

44469,62

62229,54

102627,68

230,7

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki davlat byudjetiga bevosita soliqlardan tushum 2017-yilda 10674,12mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 -yilda ushbu soliqlardan tushum 10807,4mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Ularning davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‘i 2017-yilda 24 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018-yilda 17 % ga tushirilishi ta’minlangan. Bevosita soliqlar tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri undiriladigan soliqlarni o‘z ichiga olib keyingi yillarda ushbu turkum soliqlar bo‘yicha soliq yukining pasaytirilishi ularning davlat byudjeti daromadlaridagi hissasini kamayishiga olib kelmoqda. Natijada soliq siyosatining ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda soliqdan bo‘shagan mablag‘larning korxonalar ixtiyorida qoldirilishi ularning moliyaviy barqarorligini oshirilishiga olib kelmoqda.

Davlat byudjeti daromadlari tarkibida bilvosita soliqlarning ulushi yuqori bo‘lmoqda. Bilvosita soliqlarning ulushi 2018 yilda 53,6% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib ularning salmog‘ini 47,3% ga yetkazish mo‘lljallangan. Mazkur turkum daromadlar asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona bojlari, jismoniy shaxslar transport vositalari tomonidan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moliga solinadigan soliqlar hisobiga shakllantiriladi. Bilvosita soliqlar iqtisodiy tavsifi bo‘yicha istemoldan olinadigan soliqlar hisoblanib, o‘tish davri iqtisodiyotida davlat byudjeti daromadlarida asosiy salmoqni tashkil qilishi kuzatiladi.

Davlat byudjeti daromadlari tarkibida resurs soliqlarining salmog‘i 2018 yilda 15,9% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib 15,0% ni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Keyingi yillarda tabiiy resurslardan samarali foydalanishni soliqlar vositasida tartibga solish tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida resurs soliqlarining davlat byudjetidagi hissasi ortgan.

Davlat byudjetining barcha ijtimoiy - iqtisodiy vazifa va majburiyatlarini bajarish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bilan bir qatorda, byudjet siyosatining 2019 yilgi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Davlat byudjetining xarajatlariga to‘xtalib, avvalambor, inflyatsiya darajasining pasayishi, byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish tizimini shakllantirish hamda ijtimoiy qo‘llab – quvvatlash tizimining manzilliligini yanada oshirish natijasida 2018- 2019 yillarda YAIMga nisbatan byudjet xarajatlari miqdorining kamayib borayotganligi kuzatilmoqda.




  1. Korxona va davlat byudjeti o‘rtasidagi hisob kitoblarni buxgalteriyada aks ettirish va ular o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar.

Korxonalarda byudjet bilan hisob – kitoblar olib borishda

6400 - “Byudjet to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi” schyot,

6510 – “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar” schyoti,

6520 – “Davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” schyotlaridan foydalaniladi.

Ishchi va xizmatchilardan ushlangan daromad soliq summasi va byudjet bilan boshqa hisob-kitoblar uchun 6400- “Byudjet to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi” schyot tayinlangan.

Korxonalarda jismoniy shaxslarning ish haqidan daromad solig‘i ushlab qolinsa quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 6710 – “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyoti;

Kredit 6410 – “Byudjet to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi” schyoti;

Qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslarning daromadiga hisoblangan soliq summasini kamaytirish hisobiga xodimlarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqalariga o‘tkazish uchun chegirib qolingan to‘lov summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 6410 - “Byudjet to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi” schyoti;

Kredit 6520 – “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” subschyoti.

Jismoniy shaxslardan ushlangan daromad solig‘i summasi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqalariga o‘tkazib berilganda:

Debet 6520 – “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” subschyoti;

Kredit 5110 – “Hisob-kitob” schyoti.



6400 – “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi” schyoti passiv schyotdir. 6400 – “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi” schyotda, davr harajatlari, soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun ishlatilishi, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.

2-jadval

Soliqlar va majburiy to‘lovlarni buxgalteriya

hisobida aks ettiruvchi schyotlar.

Schyotning raqami

Schyotning nomi

0930

Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foyda solig‘i

3210

Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foyda solig‘i – joriy qismi

4510

Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar

6220

Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar – joriy qismiga

6400

Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hisobi

6520

Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlari

6530

Byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar

7210

Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar

7220

Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar

8840

Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari

9810

Foyda solig‘i to‘lash

Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar schyoti (6400)ning boshqa schotlar bilan bog‘lanishi3



Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Amaldagi schyotlarning t.r. bog‘lanishi

Debet

Kredit




Davr xarajatlariga taalluqli har xil ajratmalar, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha byudjetga qarzlar hisoblanganda

9430

6410





Tayyor mahsulotlarni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotish va turli chiqarishda QQS va aksiz summasi hisoblanganda

4010



6410





Byudjetdan mablag‘lar qaytarildi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazilganda (yakuniy hisob-kitoblar va sh.k.)

5110,

5210,


5530,

4410

6410





Jismoniy shaxslarning ish haqidan daromad solig‘i summasi ushlab qolinganda

6710


6410




Foydadan byudjetga to‘lovlar hisoblanganda

9810- 9890

6410




Byudjetga to‘lovlar o‘tkazib berilganda

6410

5010-5530




Moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga tegishli bo‘lgan QQS summasi hisobga olinganda

6410

4410





Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan byudjetga qarzlar to‘langanda

6410

6810-6840,

7810-7840


9800 «Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar». Qonunchilikda belgilangan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha yil davomida hisoblangan bo‘nak to‘lovlari va qayta hisoblash bo‘yicha haqiqatda foydadan to‘lovlarni hisobga olish uchun quyidagi schyotlar mo‘ljallangan:

9810 “Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar”;

9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar”.

Yil davomida byudjetga soliqlar, yig‘imlar va byudjetga boshqa ajratmalar bo‘yicha hisoblangan to‘lovlar 9810 “Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblanadigan boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar” schyotining debetida byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (turlari bo‘yicha) hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.

Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9810 “Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bog‘langan holda yopiladi.

Korxonalarda yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob – kitoblarni buxgalteriya hisobida hisobini olib borish uchun 6520 – “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” schyoti qo‘llaniladi. 6520 – “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” schyoti maqsadli davlat jamg‘armalari oldidagi ajratmalar bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Ishchi va xizmatchilarning mehnat haqidan va boshqa daromadlaridan pensiya ushlanma hisoblandi:

Debet 6710 – “Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti;

Kredit 6520 – “Sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pensiya fondi bilan hisob-kitoblar” subschyoti.

Ishchi va xizmatchilarning mehnat haqidan ushlangan majburiy sug‘urta so‘mmasi pensiya fondiga o‘tkazib berilganda quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 6410 – “Byudjetga to‘lolvra bo‘yicha qarzlar” schyoti;

Kredit 5110 – “Hisob-kitob” schyoti.

Doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi. Soliqqa tortiladigan foydani aniq hisoblashda «doimiy farqlar», «vaqtinchalik farqlar» tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Bu tushunchalarning mohiyati 12-MHHS «Foydadan soliq» standartida ko‘rsatib o‘tilgan.

Farqlar buxgalteriya hisobida ko‘rsatilgan foyda bilan soliqqa tortish maqsadida aniqlangan foyda o‘rtasidagi farqdir. Bu farqlar daromadlar va xarajatlarni buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligida tan olish qoidalari har xilligidan kelib chiqadi.



Doimiy farqlar – bu hisobot davrida buxgalteriya hisobi bo‘yicha foydani shakllantiruvchi daromadlar va xarajatlar bo‘lib, ular hisobot davridagi (kelgusi hisobot davrida) soliqqa tortiladigan foyda bazasidan chegiriladi.

Vaqtinchalik farqlar – bu foydani shakllantiruvchi daromad va harajatlarning ba’zi moddalarini buxgalteriya hisobi foydasiga hisobot davrida, foyda solig‘i bazasiga boshqa davrga olib borilishi natijasida hosil bo‘ladigan farqlar.4

Vaqtinchalik farqlar soliqqa tortiladigan foyda bazasi ta’siriga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  • chegiriladigan (kechiktiriladigan) vaqtinchalik farqlar;

  • soliqqa tortiladigan vaqtinchalik farqlar.

Vaqtinchalik farqlarni kelib chiqish sabablaridan biri bu asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmasini hisoblashda moliyaviy hisob bilan soliq hisobida har xil usullarning qo‘llanishidir.

Debet 0950– “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i” schyoti;

Kredit 6410– “Byudjet to‘lovlar bo‘yicha qarz turlari bo‘yicha” schyoti.

Keyinchalik, ya’ni har oyda soliqning tegishli qismi uzoq muddatli qismdan joriy qismga o‘tkaziladi:


DEBET:


schyot 3210

«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i»




KREDIT:

schyot 0950

«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i»




Hisob-kitoblarda biz faqat bir misol bilan hisobga olish metodikasini tushuntirishga harakat qildik. Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida bu holatlar juda ko‘p bo‘lib, ular summasi katta miqdorni tashkil qiladi. Bu esa foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasini aniqlashda va uning real bo‘lishiga ta’sir qiladi. Lekin amaliyotda ko‘p hollarda buxgalterlar tomonidan doimiy va vaqtinchalik farqlar e’tiborga olinmaydi. Natijada, soliqqa tortiladigan foyda summasi real bo‘lmaydi.

Foyda solig‘ining hisobini o‘rganishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq bo‘yicha imtiyozlar berish masalalari muhim ahamiyatga egadir.

Soliq imtiyozlarini berish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan va qabul qilinmoqda. Bunga yaqqol misol bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20 -iyundagi PF-3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivaojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-maydagi 74-sonli «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga asosan soliq imtiyozlaridan foydalanish, to‘g‘ri hisoblash va maqsadli yo‘naltirishni nazorat qilish soliq xizmati organlari zimmasiga yuklatilgan.

2005-yil 24-fevralda tasdiqlangan «Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom (yangi tahrirdagi)ga asosan soliq imtiyozlarining buxgalteriya hisobi olib boriladi. Bu Nizomga asosan sub’ektlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari:

- bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish sharti bilan;

- bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi.

Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliqlar imtiyozlarining moliyaviy hisobi 8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» schyotida soliq imtiyozlarining turlari bo‘yicha olib boriladi.

Soliqlar va bojxona imtiyozlarini hisoblab yozayotganda batafsil hisobga olish maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar schyotlar rejasidagi quyidagi schyotlarni ochadi:

a) byudjetga bo‘nak to‘lovlarni hisobga olish hisob varaqlari (4400) guruhida «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari – soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» schyoti;

b) byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6400) guruhida «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz – soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlar bo‘yicha)» schyoti;

v) sug‘urta bo‘yicha va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari (6500) guruhida «Davlat maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlar – soliq imtiyozlari (turlar bo‘yicha)» schyoti;

g) turli kreditorlardan qarzlarni hisobga olish hisob varaqlari (6900) guruhida «Import chog‘ida QQS va aksizlar bo‘yicha hisoblab yozilgan soliq imtiyozlari (turlar bo‘yicha)» schyoti. Beriladigan soliq imtiyozlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan asoslanishi kerak.



DEBET:


schyot 9810

«Foyda solig‘i bo‘yicha harajatlar»




KREDIT:

schyot 6410

«Byudjetga foyda solig‘i bo‘yicha qarzlar»




Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi tuziladi:

DEBET:


schyot 6410

«Byudjetga foyda solig‘i bo‘yicha qarzlar»




KREDIT:

schyot 8840

«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari»




Jismoniy shaxslarning olinadigan daromad solig‘i hisobi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga ko‘ra moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan respublika fuqarolari, rezidentlar va norezidentlar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadi. Bunda fuqaro, norezidentning jami yillik daromadi soliq solinadigan daromad solig‘ining ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan yoki tekinga olgan pul yohud boshqa mablaglari, shu jumladan:


  • mehnatga hak to‘lash shaklida olingan daromadlar;

  • jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi;

  • jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadi kiradi.

Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, divedendlar bo‘yicha olingan daromad, mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad kiradi.

Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadiga tovarlar (ishlar, hizmatlar) realizatsiyasidan daromad olish maqsadida tavakkal qilib, o‘z mulkiy javobgarligi ostida yakka tartibda amalga oshiradigan faoliyat natijasida olingan daromadi kiradi.

Boshqaruv hisobida soliklarni kategoriyalash hamda ma’lumotlar aniqligini oshirish maqsadida buxgalteriyada subschyotlardan foydaliladi.

Masalan: Jismoniy shaxslarning ish hakidan olinadigan daromad solig‘ining buxgalteriya hisobi 6411 «Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha byudjetga qarzdorlik» schyotida olib boriladi.

Debet 2011 «Mehnatga hak to‘lash bo‘yicha asosiy hodimlarning
harajatlari»

Debet 9421 «Mehnatga hak to‘lash bo‘yicha harajatlar ma’muriyat harajatlari»

Kredit 6710 «Mehnat haki bo‘yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar»

Ishchi va hizmatchilarga hisoblangan ish haki hisobidan daromad solig‘i ushlanganda Bu ho‘jalik jarayoni buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:

Debet 6710 «Mehnat haki bo‘yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar»

Kredit 6411 «Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha byudjetga qarzdorlik»

Kompaniya ishchi-hizmatchilariga hisoblangan ish haki hisobidan sug‘urta to‘lovi ushlanganda:

Debet 6710 «Mehnat haki bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar»

Kredit 6520 «Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar»

Jismoniy shaxslarning ish haklari, mukofat pullari va boshqa daromadlari so‘mmalaridan olinadigan soliqlar foizlarda belgilanadi. Soliq solish maqsadida eng kam ish hakining miqdori yil boshidan boshlab ortib boruvchi yakun tarzida hisoblanadi. Hisoblangan soliq so‘mmalari markazlashgan holda ish beruvchi tomonidan davlat byudjetiga o‘tkaziladi.



  1. Korxonalar va byudjetning zaro munosabatlarini takomillashtirish yo‘llari

Respublikamizda iqtisodiy islohotlar tezlashtirilgan hozirgi o‘tish sharoitida, byudjet uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar to‘plash asosida barqarorlikni rag‘batlantiruvchi soliq samaradorligini keltirib chiqaradi. Lekin korxonalarning faoliyatini hamda undagi mavjud muammolarni hisobga olgan holda ushbu korxonalar byudjetlar hisob – kitoblarni olib borishda ma’lum imtiyozlar ajratish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bizningcha ham “soliqqa tortishning salbiy oqibatlari birdaniga ko‘zga tashlanmasdan, balki sekin-astalik bilan to‘plana boradi va ma’lum sharoitlarda ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishiga olib kelishi hamda siklik tanazzulga yaqinlashtirib qo‘yishi mumkin”. Holbuki, respublikamizda yalpi ichki mahsulot xajmining o‘sib borayotganligi – byudjet bilan hisob – kitoblarni optimallashtirishning ob’ektiv omillari shakllanayotganligini asoslaydi. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi, daromadligi va milliy-hududiy xususiyatlariga bog‘liq ravishda byudjet bilan hisob – kitoblarning optimallashuvi - suv xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy rivojlanishi xizmat qiladi, deb hisoblaymiz.

Korxonalarda byudjetlar bilan hisob – kitob munosabatlarini hisobga olish va ularni takomillatirish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.

Shu boisdan byudjetlar bilan hisob – kitob munosabatlari tizimini takomiltirish masalasi – islohotlarni chuqurlashtirish va demokratik jamiyat qurish borasidagi strategik faoliyatimizning mazmun – mohiyatiga aylanib bormokda. Byudjetlar bilan hisob – kitoblarni takomillashtirishda birinchi navbatda suv xo‘jaligi korxonalarining harajatlarini imkon qadar kamaytirish, shuningdek ba’zi turdagi majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar yaratish vazifasi – asosiy maqsad sifatida qaraladi. Bunda korxonalarning harajatlari tarkibida majburiy to‘lovlar, xususan daromad solig‘i, ijtimoiy to‘lovlar va boshqalarning nisbatiga baho berish talab etiladi.

Korxonalarining daromadlarini ko‘paytirishga intilishi mantiqiy asos sifatida e’tiborga olindi. Darhaqiqat, korxonalarining daromadlari o‘sib borishi jarayonida ushbu daromad ehtiyoj qondirilgunga qadar iste’molga sarflanib, qolgan kismi jamg‘ariladi.

Korxonalar faoliyati boshqa tarmoqlarga nisbatan isloh qilinishi lozim bo‘lgan faoliyatlar jumlasiga kiradi. Bunda ularga nisbatan turli imkoniyat va shart – sharoitlar yaratish bugungi kunda asosiy masalalardan biriga aylanmoqda.

Umuman olganda, byudjetlar bilan hisob–kitoblarni optimallashtirishga qaratilgan islohotlarining olib borilishi, jahonning rivojlangan mamlakatlari kabi iqtisodiyotni rag‘batlantiruvchi va tartibga soluvchi bir tizimini vujudga keltiradi.

Byudjetlar bilan hisob – kitoblarning amalda tashkil etilishiga ta’sir etuvchi sub’ektiv omilga – davlat tomonidan olib borilayotgan soliq siyosati hamda unga binoan majburiy to‘lovlar ko‘rsatkichlarini belgilanishidir. CHunki byudjetlar bilan hisob – kitoblar, ularning ob’ekti, sub’ekti, stavkalari va boshqa elementlarining belgilanishiga asoslanib, byudjetlar bilan hisob – kitoblarning korxona faoliyatidagi o‘rni boshqariladi.

Holbuki, hozirgi sharoitda korxonalarning byudjetga to‘lovlarining pasaytirilishi korxonalarning moliyaviy faoliyatini mustahkamlaydi.

Umuman olganda, byudjetlar bilan hisob – kitoblar tizimini takomillashtirish yo‘llaridan biri ushbu majburiy to‘lovlarni optimallashtirish masalasi bo‘lib, ushbu masalaning hal qilinishiga ta’sir qiladigan ob’ektiv omillardan tashqari sub’ektiv ta’sir omillari ham mavjuddir. Bevosita va bilvosita soliqqa tortishni optimallashtirishga sub’ektiv ta’sir - davlat tomonidan olib borilayotgan soliq siyosati bilan amalga oshiriladi. Bularga:

- byudjet daromadlari parametrlarida korxonalar tomonidan to‘lanadigan majburiy to‘lovlarning nisbati istiqbollarining belgilanishi;

- ma’lum byudjetlar bilan hisob – kitoblar bo‘yicha majburiy to‘lovlarning kamaytirilishi (batamom ozod qilinishi, soliq stavkasining pasaytirilishi);

- soliqqa tortish imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

- ma’lum davr oralig‘ida korxonalar o‘zining moliyaviy faoliyatini yaxshilashi uchun byudjetlar bilan hisob – kitoblar buyicha imtiyozlar yaratish;

- ish haqi fondidan ajratiladigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar ajratish.

Har bir mamlakatning milliy xususiyatlari va daromadlilik darajasiga bog‘liq ravishda, korxonalarning byudjet bilan hisob – kitoblarini takomillashtirib borilishi, ularda har hil darajalardagi majburiy to‘lovlarning optimallashuvini ta’minlaydi. Optimal majburiy to‘lovlar korxonalar bilan davlatning manfaatlarini uyg‘unlashtiradi va iqtisodiyot rivojlanishini rag‘batlantiradi. Soliq qonunchiligining barqarorlik talabi bilan bozorga o‘tish bosqichida uni takomillashtirish zarurligi o‘rtasidagi mavjud ziddiyat keskinlashib borayotgan hozirgi sharoitda, asosiy e’tiborni korxonaning va davlatning manfaatlarini uyg‘unlashtiradigan, iqtisodiyotning yuksalishini ta’minlaydigan, mamlakatning daromadlilik darajasiga, milliy va hududiy xususiyatlarga mos keladigan byudjet bilan hisob – kitob shaklini tashkil etishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

Soliqlar yangi sifat kasb etib, iqtisodiy faollikni tartibga solish, takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish qurollaridan biri rolida chiqadi. Foydaga solinadigan soliqlardan foydalanib, davlat sarmoyani jamg‘arish jarayonlariga g‘oyatda sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunga jadallashtirilgan amortizatsiyaning soliq mexanizmi misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin, bu holda davlat moliya organlari korxonalariga amortizatsiya fondiga asosiy sarmoyaning haqiqatdan sarflanishidan anchagina oshadigan summani o‘tkazish uchun ruxsat beradi. Natijada soliqqa tortiladigan foydaning hajmi, binobarin, to‘lanadigan soliq, summasi ham ancha qisqaradi. Jadallashtirilgan amortizatsiya usuli iqtisodiyotning korporativ sektorida kapital qo‘yilmalarini ko‘paytirishning muhim omili hisoblanadi. Uni qo‘llash fan-texnika taraqqiyotini intensivlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish imkonini beradi.

Korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq, asosan, joylardagi mahalliy byudjetlar daromad qismini shakllantiradi. Undirilgan ana shu soliq summasi teng ulushlarda mahalliy byudjetlarga o‘tkaziladi. Hozir mutaxassislar mol-mulk solig‘i va shu kabi resurs to‘lovlarini anchagina oshirish va foyda (daromad)ga soliq yukini kamaytirish maqsadga muvofiq deb ta’kidlashmoqda

Korxonalar uchun davlat tomonidan soliq yukining kamaytirilishi ularga berilgan imkoniyatlardan biridir. Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli bu soha O‘zbekiston iqtisodiyotining asoslaridan biriga aylandi. Keyingi yillarda ixtisoslashtirilgan ko‘plab zamonaviy majmualar ishga tushirildi, tabiiy boyliklarni chuqur qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yonilg’i sifatini tubdan yaxshilash, muhimi, atmosferaga zararli gazlar chiqarilishini keskin kamaytirishga erishildi.

Mamlakatimiz yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni ta’minlaydigan neft-gaz va neft kimyo sanoatida ko‘p yillik boy tajribaga ega. O‘tgan davr mobaynida sohada to‘plangan tajribadan oqilona foydalangan holda, xorijning zamonaviy texnologik liniyalari jalb etilib, modernizatsiyalash tadbirlari izchil olib borilayotgan sanoatimiz rivojida yangi sahifalar ochmoqda. Pirovardida uning investitsiyaviy jozibadorligi oshib, jalb qilinayotgan sarmoyalar hajmi tobora ko‘payib bormoqda.

2016-yil yakunlariga ko‘ra, sohada o‘zlashtirilgan bevosita xorijiy investitsiyalarning qiyosiy salmog‘i respublikaga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 59,2 foizini tashkil qilgani shunday deyishimizga asos bo‘la oladi. Darhaqiqat, bugungi kunda sohada xorij sarmoyasi ishtirokida o‘nlab investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar sho‘ba korxonasida mol-mulk solig‘i hisob kitoblarini kamaytirish maqsadida korxona asosiy vositalarini modernizatsiya qilish natijasida yuqori qiymatli, ko‘plab asosiy vositalar o‘rniga ko‘proq samara beruvchi va qiymati ham arzon bo‘lgan asosiy vositalarni sotib olish evaziga mol-mulk soliqlarini kamaytirishga erishishi mumkin.

Mamlakatimizda mazkur soliqni joriy etishdan quyidagi maqsadlarda foydalanish ko‘zda tutilgan:

Birinchidan, korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishni uyg‘otish;

Ikkinchidan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirish.


XULOSA
Biz O‘zbekiston Respublikasi byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvalini tuzish va uning ijrosi hisobini tashkil etishning muhim tarkibiy qismi hisoblangan byudjet nazoratining nazariy va huquqiy asoslariga, uning zarurligi va mohiyati, turlari va usullariga tayangan holda ushbu mavzuni yoritishga harakat qildik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor talabalariga javob bera oladigan milliy byudjet tizimi shakllana boshladi. Avvalambor, byudjet tizimining huquqiy asosi bo‘lgan Konstitutsiya qabul qilindi, byudjet siyosatining institutsional asoslari bo‘lgan davlat hokimiyati idoralarining huquqiy maqomi, moliya-byudjet siyosati sohasidagi vakolatlari va vazifalari belgilab berildi. Konstitutsiyada mustahkamlangan mahalliy hokimiyatlarining mustaqilligi, moliya sohasida qat’iy o‘zgartirishlarni va davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘nalishlarini tadqiq etishni talab qildi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazining Yoshlar sektori Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12ta ma'ruza va nutqlari matnlarining lingvistik tahlili natijalarini e'lon qildi.

Unga ko‘ra Prezident tomonidan “Investitsiya” so‘zi 30 marta qo‘llanilgan, “Xalqaro va xorijiy” so‘zlari 55 marta tilga olingan, “Samarali va tarkibiy” so‘zlaridan 87 marta foydalanilgan, “Rivojlanish” so‘zi ma'ruza va nutqlarda 111 marta ishlatilgan. Prezident tomonidan eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar reytingida ikkinchi o‘rinni “Iqtisod va hududlar” so‘zlari egallagan, bu so‘z 158 marta qo‘llanilgan.

Reytingning birinchi o‘rnini egallagan so‘z jami 298 marta ishlatilgan bo‘lib, lingvistik tahlil natijalariga ko‘ra, davlatimiz rahbari tomonidan eng ko‘p urg‘u berilayotgan masala bu “Xalq va mamlakat” so‘zlari ekani aniqlangan.


Yoshlar sektori tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda Shavkat Mirziyoyevni “Xalq Prezidenti”, “Bizning Prezident” kabi iboralar bilan tobora keng tilga olinayotgani bejiz emas. Davlat rahbari tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda uning doirasida 320 banddan iborat “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili Davlat dasturi qabul qilingani aholi orasida daxldorlik hissini kuchaytirdi. Ayniqsa, xalq manfaatlarining birinchi o‘ringa qo‘yilishi, odamlarni rozi qilish va ularning muammolarini hukumat kun tartibiga eng ustuvor masala sifatida olib chiqilishi fuqarolarda Prezidentga bo‘lgan ishonchni yanada oshirmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


  1. “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish”. Mehmonov S.U. (2018-yil)

  2. “Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari”. A.Karimov, Z.Muqimov (2018-yil)

  3. “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”. S.Xudayberganova (2018-yil)

  4. “Banklarda buxgalteriya hisobi”. N.Ernazarov, O.Xudoyorov (2018-yil)

  5. “Boshqaruv hisobida byudjetlashtirish metodologiyasini takomillashtirish”. Maxsudov B.Y. (2018-yil)

  6. “Buxgalteriya hisobi va audit”. M. Yunusov, U. Xolmirzayev (2018-yil)

Foydalanilgan saytlar:

www.ziyonet.uz , www.mf.uz , www.norma.uz , www.mdm.uz , www.kun.uz

1 Муҳаммадёқуб Остонақулов. Бюджет ҳисоби (дарслик) Нашриёт «IQTISOD-MOLIY».700084, Тошкент ш., Х. Асомов кўчаси, 7-уй.

2 Муҳаммадёқуб Остонақулов. Бюджет ҳисоби (дарслик) Нашриёт «IQTISOD-MOLIY».700084, Тошкент ш., Х. Асомов кўчаси, 7-уй.

3 Р.Дўстмуродов “Бухгалтерия ҳисоби назарияси”, Т.: “Алишер навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси” нашриёти, 2007 йил.

4 Ш.Т.Эргашева ва бошқалар “Солиқ ва солиққа тортиш”.-Т.: ТИМИ 2010й.


Download 416 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling