Diplomatik xizmat davlat xizmatining muayyan turi bo‘lib, o‘z spestifikasi va xususiyatlariga ko‘ra davlat xizmatlarining boshqa turlaridan farq qiladi.
Diplomatik xizmatning bu spestifikasini, diplomatiya nima ekanligini aniqlamay turib idrok etish qiyin.
Shuning uchun ham qo‘llanmada birinchi navbatda "diplomatiya" tushinchasini aniqlab olishga e’tibor beriladi.
Ko‘p hollarda bu tushinchalar bir xil ma’noni ifodalaydi deb tushiniladi.a
Diplomatiya tushinchasi ko‘pincha turli ma’nolarda, ba’zan o‘z ma’nosidan yiroq bo‘lgan tushinchani ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Taniqli ingliz diplomati va olimi G. Nikolson ta’kidlaganidek, "diplomatiya" atamasi so‘zlashuv tilida bir qator ma’nolarni anglatadi.
Ba’zan u "tashqi siyosat" ning sinonimi sifatida ham qo‘llanadi. Boshqa hollarda esa muzokara ma’nosini anglatish uchun foydalaniladi.
Xalqaro hayot bilan bog‘liq voqealar o‘rganilar ekan tashqi siyosat, diplomatiya, diplomatik xizmat tushinchalari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |