Turli davrlar, hatto turli qabilalar o‘rtasidagi sodda ko‘rinishdagi tashqi aloqalar eng qadimgi davrlarda ham mavjud bo‘lgan.
Biroq qabila tuzumidagi tashqi aloqalarning bunday sodda shakllari qabila tuzumidan jamiyatning sinflarga ajralishi va davlatlar paydo bo‘lgunga qadar mavjud bo‘lib, ularni diplomatiyaning dastlabki ko‘rinishi sifatida talqin qilish mumkin.
Lekin uni aynan diplomatiya deb baholash mumkin emas.
Diplomatiyaning tom ma’noda paydo bo‘lishi, sodda tarzda ham qadimda o‘z shakliga yaqin ko‘rinishda uchragan.
Uning paydo bo‘lishini davlatlarning vujudga kelishi bilan bog‘lash to‘g‘riroq bo‘ladi.
Shu bilan birga muayyan organlar va mansabdor shaxslarning faoliyati ham bu o‘rinda alohida ahamiyat kasb etadi.
Diplomatiya – davlatlarning vujudga kelgan davrining mahsulidir. Bu holat diplomatiyaning asl mohiyatini belgilaydi.
Diplomatiya hukumron doiralarning faoliyatini ifoda etib, mazkur tabaqaga mansub davlat tashqi siyosatini amalga oshirgan.
Jamiyatning tarixiy taraqqiyotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy-iqtisodiy informastiyaning almashinuvi tashqi siyosat va diplomatiyaning mazmuni, shakli va usullarining o‘zgarib borishini ta’minlagan.
Quldorlik jamiyatining qay tarzda feodal jamiyatiga o‘tganligini hisobga olgan holda bu davrlarning har biriga xos bo‘lgan tashqi siyosat va diplomatiyaning xususiyatlari shakllanib borgan.
Diplomatiyaning tarixiy taraqqiyotini o‘rganish asosiy ijtimoiy-iqtisodiy farmastiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liqlikda olib borilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |