o‘lchash natijalari asosida amalga oshirilgan. Suvli qatlamning qatlam bosimlari
9
7 ta quduq, jami 13 obyektdan olingan namunalarni o‘rganish asosida
aniqlangan. Kruk koni qatlam suv bosimi shartli gidrostatik bosimdan bir necha
marotaba yuqori, anomallik koeffitsenti 1,04-1,06 ni tashkil etadi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, bir quduq
qirqimining turli intervallari har xil keltirilgan bosim kursatkichlariga ega.
Kruk koni yura suv tazyiqli kompleksi qatlam bosimi ma’lumolari
taxliliga ko‘ra, keltirilgan qatlam bosimi kichik diapozonda o‘zgaradi (300-
308atm).
Demak Kruk koni suvli qatlami tabiiy tarzda yopiq gidrodinamik rejim
bilan xarakterlanadi, shu bilan birga bu yerda tarang suv tazyiqli rejimni paydo
bo‘lishini kutish mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan maydon yura suv tazyiqli kompleksi qatlam suvlari
metomorflashgan namokobli, kalsiy xlorli turiga mansub. Kruk koni qirqimining
karbonatli qismi suvlari 95 dan 134 g/l. gacha minerallashganligi bilan
xarakterlanadi. Tarkibini asosan xlor (53-83 g/l) va ishqorli metallar (29-38 g/l)
tashkil etadi. Mikrokomponentlardan yuqori konsentratsiyada yod (10 - 30 mg/l)
va brom (261-362 mg/l), litiy, rubidiy, seziy, stronsiy va germaniy uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: