2.1.Konning qisqacha geologik ta’rifi.
Kruk koni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani territoriyasida
joylashgan bo‘lib ishlatilayotgan Janubiy Kemachi koni bilan shark tomondan
tutash, janubiy tomonida 15 km uzoqlikda Umid koni, 25 km uzoqlikda
Shimoliy O‘rtabuloq neft konlari joylashgan.
Kruk koni 1984 yil ochilgan. 1986 yil may oyidan 1988 yil oxirigacha
«SredneazNIPIneft» instituti loyihasi bo‘yicha konni tajriba va sanoat uchun
ishlatish amalga oshirildi. Kon yura yotqiziqlari XV-RU va XV-R gorizontlarida
joylashgan.
Mahsuldor uyum o‘lchamlari quyidagicha:
Neft va gaz maydoni - 8203 m
2
Uyumning o‘rtacha umumiy qalinligi - 155,66 m
Umumiy neftgazli qatlam qalinligi - 93 m
Neftli qatlam qalinligi - 44 m
Gazli qatlam qalinligi - 49 m
G‘ovakligi - 14,6 %
O‘tkazuvchanligi - 185 md
Neftning solishtirma og‘irligi - 0,871 g/sm
2
Gaz-neft va suv-neft tutash yuzalari (GNTYU va SNTYU) konda OAO
«O‘zbekgeofezika» tadqiqotlar natijasida quduqlarni sinash asosida aniqlangan.
GNTYU va SNTYU gorizontal tekislikdan iborat deb qabul qilingan va mos
ravishda - 2116 m o‘tkazilgan.
2010 yilda «UzLITIneyeftegaz» ilmgohi tomonidan «Utochneniye
proyekt razrabotki mestorojdeniya Kruk» nomli loyiha tayyorlandi. Shu yil 30
sentabrda «Muborakneftgaz» MCHJ si geologo-texnik yig‘ilishida ko‘rib
chiqilib ishlatish uchun qulay deb 6 - variant qabul qilingan bo‘lib hozirgi kunda
kon 6-variant asosida ishlatilib kelinmoqda.
2012 yilda OAO«IGNRNIGM» mutaxasislari tomonidan boshlang‘ich
geologik va olinadigan neft zahiralari qayta hisoblandi. «O‘zbekneftgaz»MXK
11
qoshidagi markaziy zahiralar komissiyasi (MZK) tomonidan tasdiqlangan
zahiralar miqdori quyidagicha:
Neft:
- geologik zahirasi - 14832 ming tn.
- olinadigan zahirasi - 6639 ming tn.
Do'stlaringiz bilan baham: |