1.4. Qirqimning gologo-geofizik tavsifi.
Kruk konining asosiy mahsuldor qatlami bo‘lib, yuqori yura karboat
yotkiziklarining XV-RO, XV-R gorizontlari hisoblanadi.
Kollektor tog‘ jinslarinning asosiy hajmi qirqimning (XV-R) rif
qatlamida markazlashgan. Tog jinslari asosan ohaktosh, dolomit, chig‘anoqli,
orgonagen, marjonsimon oxaktoshlardan iborat bo‘lib, aktiv yuqori g‘ovakli-
o‘tkazuvchan qatlamni tashkil etadi. Samarali qalinlik umumiy qalinlikning
o‘rtacha 77% ni tashkil etadi. Rifli yotkiziklariga yuqori kollektorli
xususiyatlariga ega kollektorlar kiradi. (O‘rtacha g‘ovaklik 16,9 %,
o‘tkazuvchanlik 290 mD). Dolomitlashgan ohaktoshlar asosan XV-R
gorizontining quyi qismida joylashgan, kovaklik katta foizni tashkil etadi.
Rif usti yotqiziqlari (XV-RU gorizont) uchun suv o‘tli nim marjonsimon
ohaktoshli tog‘ jinslari xarakterli. Kollektorlar gorizont umumiy qalinligining
o‘rtacha 24,7 % ni tashkil etadi. Ularning asosiy miqdoriy hajmi gorizontning
quyi qismida to‘plangan. Kollektorlar kuchsiz (0,4-2,0 m), o‘rtacha g‘ovakligi -
12,2 %, o‘tkazuvchanligi – 318 mD.
Rif osti yotqiziqlari (XV-RO gorizont) zich o‘tkazmas ohaktosh va
dolomitli qatlamni namoyon etadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |