IV. Malaka amaliyotini baholash mezoni
Malakaviy amaliyot davrida talabalar olib borgan o‘quv-tarbiyaviy ishlari, kuzatishlari bo‘yicha kundalik daftar yuritadilar. Unda amaliyot dasturi bo‘yicha olingan topshiriqlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar, o‘quv-pedagogik tavsifnomaga taalluqli ma’lumotlar ifodalanadi. Amaliyot yakunida hisobotlar tayyorlashda talabalar daftardan foydalanadilar.
Maktab ma’muriyati va sinf rahbari hamda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasining pedagoglaridan iborat komissiya taqdim etilgan xujjatlar va tavsifnomaga asosan talaba bajargan ishlarga baho beradi. Pedagogik amaliyotning yakuniga bag‘ishlab umumta’lim maktabida yig‘ilish, institutda esa yakuniy konferensiya o‘tkaziladi.
Malakaviy amaliyot davomida talabalarning mutaxassislik ishi bo‘yicha bilimi, o‘quvi va mahoratlarini baholash mezonlari
Malakaviy amaliyot O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5- iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9- avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga asosan ishlab chiqilgan “Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha yo‘riqnoma” bo‘yicha baholanadi.Talabalar faoliyatini baholash 100 ballik tizimda amalga oshiriladi.
№
|
Bilim darajasi
|
ball
|
1.
|
Talaba amaliyotda faol ishtirok etsa, hujjatlarni to‘la rasmiylashtirsa, tarbiyachining ish hujjatlari va uni yuritish tartibini o‘rgansa, olgan bilimini amalda qo’llay olsa, o‘quv amaliyotining mohiyatini tushunsa, hamda tarbiyachi faoliyati bo’yicha to‘la tasavvurga ega deb topilsa –“a’lo” baho qo‘yiladi
|
90-100
|
2.
|
Talaba amaliyotda ishtirok etsa, hujjatlarni to‘la rasmiylashtirsa, tarbiyachining ish hujjatlari va uni yuritish tartibini o‘rgansa, hamda tarbiyachi faoliyati bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “yaxshi” baho qo‘yiladi
|
70-89.9
|
3.
|
Talaba amaliyotda ishtirok etsa, hujjatlarni rasmiylashtirsa, tarbiyachining ish hujjatlari va uni yuritish tartibini o‘rgansa – “qoniqarli “ baho qo‘yiladi
|
60-69.9
|
4.
|
Talaba amaliyotda passiv ishtirok etsa, hujjatlarni to‘la rasmiylashtirmasa, amaliyot va tarbiyachi faoliyati bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda –“ qoniqarsiz” baho qo‘yiladi
|
59-0
|
Do'stlaringiz bilan baham: |