O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


V. Malaka amaliyoti bo‘yicha hisobotga talablar va hisobotni himoya qilish tartibi


Download 31.86 Kb.
bet5/8
Sana23.09.2023
Hajmi31.86 Kb.
#1686696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Жис.мадан 2-курс амалиёт дастури

V. Malaka amaliyoti bo‘yicha hisobotga talablar va hisobotni himoya qilish tartibi.
Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturga muvofiq ravishda bajargan ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot uchun kerakli materiallarni to‘plash va uning matnini bayon etish butun amaliyotni o‘tash muddati davomida amalga oshiriladi. Hisobot ikki qismdan: matn qismi va ilovalardan iborat bo‘lishi kerak. Matn qismi titul varaqasi bilan boshlanadi. Hisobotda amaliyotning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilishi lozim. Ish turlarining mazmuni kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi. Ushbu hisobotda talaba kelajakda amaliyot o‘tash va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o‘z mulohazalarini ham bayon etadi. Hisobotni asta-sekin butun amaliyotni o‘tash davri davomida bosqichma-bosqich yozish talab etiladi. Malakaviy amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Amaliyotchi talaba oliy ta’lim muassasasi va qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan malaka amaliyoti rahbarlarining dasturda ko‘zda tutilgan ishlarga oid barcha topshiriqlarini bajarib boradi. Hisobotga tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtiradi. Amaliyot hisoboti barcha ilovalar bilan birgalikda mutaxassislik kafedrasiga amaliyotdan qaytgandan so‘ng bir kun davomida topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari hisobotlarni tekshiradi, o‘z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi.
Mutaxassislik kafedra tomonidan tashkil etilgan malaka amaliyotining yakuniy konferensiyasida amaliyotchi talabalar tomonidan bajarilgan ishlar taqdimot tarzida himoya qilinadi.
Amaliyot dasturini to‘liq bajarmagan, salbiy tavsifnoma olgan talabalar fakultet dekanati roziligiga ko‘ra qaytadan amaliyot o‘tashga yuborilishi mumkin. Agar talaba amaliyotga ma’suliyatsizlik bilan yondashsa, korxona, tashkilot va institutning ichki mehnat intizomini buzsa, hisobot topshirishga tayyor bo‘lmasa yoki himoya paytida “2” qoniqarsiz baho olgan bo‘lsa, uni keyingi yilga o‘qish uchun qoldiriladi.

Download 31.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling