O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


II. Malaka amaliyotining mazmuni


Download 31.86 Kb.
bet2/8
Sana23.09.2023
Hajmi31.86 Kb.
#1686696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Жис.мадан 2-курс амалиёт дастури

II. Malaka amaliyotining mazmuni
Malakaviy amaliyoti 60112200- Jismoniy madaniyat hamda 61010300-Sport faoliyati (kurash)yo‘nalishi o‘quv rejasiga muvofiq 2-3 semestr uchun rejalashtirilgan.
Malakaviy amaliyoti davrida talaba bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlanadi. malakaviy amaliyot shartnomalarga asosan 2-kursda umumta’lim maktablarida o’tkaziladi. Buning uchun ikki hamkor tashkilotlar o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Talaba amaliyot jarayonida o‘z faoliyatini tahlil qiladi. Amaliyotga oid hujjatlarni (ilova qilinadi) tayyorlaydi va yakuniy anjumanda ishtirok etadi. Talabaning pedagogik amaliyot davrida ishtirok etishi, bajarishi va tayyorlashi kerak bo‘lgan hujjatlari:

  • kirish anjumanida ishtirok etish;

  • ta‘lim tizimi bilan tanishish;

  • amaliyotni maqsad va vazifalarini belgilab olish;

  • mashg‘ulotlarni kuzatish va tahlil qilish;

  • tarbiyalanuvchilarning jismoniy, ruhiy hamda aqliy taraqqiyotiga doir ma‘lumotlarni to‘plash, tizimga solish, tahlil qilish;

  • belgilangan guruhlarda mashg‘ulotlarni kuzatish va uning tahlilida ishtirok etish;

  • ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlash;

  • amaliyotga doir barcha hujjatlarni yuritib borish va yig’ish;

  • yakuniy anjuman ishida ishtirok etish.



Malakaviy amaliyot mazmuni va bajariladigan ishlar.
- Ta`lim muassasasidagi o`quv –tarbiyaviy ishlar tizimini o`rganish;
- ta`lim va tarbiyani birligi tamoyilini amalda qo`llashga o`rganish;
- darsni ta`limiy rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi jarayon sifatida shakllantirish va o`quv materiali mazmunidagi asosiy tushunchalarni ajrata olishni o`rganish;
- fanlar bo`yicha darsdan tashqari ishlar tizimi orqali kasbiy-pedagogik malakalarni egallash;
- o`quvchilarga yakka holda yondashish ko`nikma va malakasini singdirishni amalga oshirishi; o`zlashtirishi zaif, kuchli iqtidorli va xulqi har xil o`quvchilar bilan ishlashning yo`l va usullarini o`rganish;
- darslar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar, fakultativ mashg’ulotlar, o`quv sayohatlari va boshqalarni o`tkazish usuli va texnologiyasini egallash;
- o`quv ishlarini o`quvchilarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil olib borish malakasini hosil qilish;
- kasbiy-pedagogik faoliyatga ijodiy yondashishni shakllantirish;
- muayyan ilmiy-uslubiy muammolari bo`yicha predmet o`qituvchilarining va o`quv-tarbiya muassasasining ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganish;
- darslarni ilmiy-pedagogik, uslubiy jihatdan tahlil qilishni o`rganish.
- o`quv –tarbiya muassasasida tarbiyaviy ishni rejalashtirish bilan tanishish va uni tashkil etishning uslubiy asoslarini egallash;
- o`quv- tarbiya muassasasidagi ijodiy faoliyati tizimini o`rganish;
- o`quv –tarbiya muassasalarini guruh rahbari tarbiyaviy ish rejasi, oliy o`quv yurtidagi guruh, kafedralar va fakultativ rahbarlari ishi bilan tanishish;
- tarbiyaviy ishlarni o`quvchilarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil olib borish malakasini shakllantirish;
- psixologik- pedagogik uslublar yordamida o`quvchilarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish, psixologik-pedagogik tavsifnomalar tuzish;
- o`z munosabatlarini o`quvchilar , ularning ota-onalari va xamkasblar bilan to`g’ri o`rnak olish malakalarini shakllantirish



Download 31.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling