O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Tajriba ishi 1-qism
rasm-2.2.
Atrof muxit temperaturasining o`zgarishi bilan o`lchashda ma`lum xatolik paydo bo`ladi va uni quyidagicha qisoblash mumkin: t м =
м V V ( t
м - t
0 ); t
= б к V V ( t
к - t
0 );
V м ; V к V б - manometrik prujina, kapillyar va termoballon hajmlari; t м, t к - manometrik prujina va kapillyar temperaturasi; t 0 - graduirovka temperaturasi (20 0 C).
Bu tenglamalardan ko`rinib turibdiki, kapillyar uzunligi qancha katta bo`lsa, xatolik shuncha katta bo`ladi. Atrof muxit temperaturasi o`zgarishining ta`sirini kamaytirish uchun, termoballon hajmini oshirish kerak.
8 Suyuqlikli manometrik termometrlar to`ldiriladigan suyuqliklarga quyidagi talablar qo`yiladi: hajmiy kengayish koeffitsienti katta bo`lishi kerak; issiqlik o`tkazuvchanligi katta bo`lishi kerak; kichik issiqlik sig`imiga ega bo`lishi kerak; termometr materialiga kimyoviy inert bo`lishi kerak. Bu talablarga simob va ksilol javob beradi (simob -30 + 600
0 C; ksilol -40+200 0 C).
Temperatura o`zgarishiga mos ravishda tizimdagi bosimning o`zgarishini quyidagicha ifodalash mumkin: P = μ β (t - t 0 ) bu erda, β - suyuqlikni hajmiy kengayish koeffitsienti;
μ -suyuqlikni siqilish koeffitsienti. Bu o`lchov asboblarining shkalasi, bosimning temperaturadan chiziqli bog`liqligi sababli bir tekisda bo`ladi. Suyuqlikli manometrik termometrlarning temperatura xatoligi gazli
termometrlarnikidan yuqoriroq bo`lganligi sababli ularning kapillyarining uzunligi 10 m dan oshmaydi. Barometrik xatolikni kamaytirish maqsadida suyuqlik 15-20 kgs/sm2 (ba`zi xollarda 130 kgs/sm2 gacha) bosimda to`ldiriladi. Gidrostatik xatolik o`lchov asbobi prujinasi va strelkasini korrektirovkalash yo`li bilan yo`qotiladi (termoballon prujinadan yuqorida o`rnatilganda, suyuqlikning temperatura o`zgarishidan qosil bo`lgan bosimiga suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi qo`shiladi, agar pastda bo`lsa, unda o`lchov asbobi shu miqdorga kam ko`rsatadi). Par-suyuqlikli manometrik termometrlar odatda termoballonning 2/3 hajmi miqdorida past temperaturada qaynovchi suyuqlik bilan to`ldiriladi (xlorli metil 0 - 150 0
0 C, benzol 100 - 250 0 C). Ularning ishlashi Dalton qonuniga asoslangan bo`lib, u moddaning kritik temperaturasigacha, to`yingan bug`ning bosimi va temperaturasi orasidagi bog`liqlikni ifodalaydi. Temperaturaning ortishi bilan suyuqlikning bug`lanishi ortadi va bug`ning bosimi (uprugosti) ortadi, bu esa, bug`ning kondensatsiyalanishining ortishiga sabab bo`ladi. To`yingan bug` temperaturaga mos ravishda, ma`lum muvozanat bosimigacha o`zgaradi. Bu o`lchov asboblarida temperatura xatoliklari bo`lmaydi, lekin gidrostatik, ayniqsa barometrik xatoliklarning o`lchov asbobi ko`rsatishiga ta`siri sezilarli bo`ladi. Chunki tizimdagi bosimning qiymati nisbatan kichik bo`ladi. Bu o`lchov asboblariga qo`yiladigan asosiy talablardan biri shuki, kichik temperaturalarni o`lchaganda tizimda to`yingan bug` bo`lishi kerak, yuqori temperaturalarni o`lchaganda esa, termoballonda suyuqlik qolishi kerak.
9 Bu o`lchov asboblarining kamchiliklariga o`lchash chegarasining kichikligi va o`lchanayotgan temperatura bilan to`yingan bug` bosimi orasidagi chiziqsiz bog`liqlik sababli, shkalaning bir tekisda emasligi, ya`ni, shkala boshlanishida bo`limlarning zich joylashgani va oxiriga borib, bo`limlar kengayib borishi kiradi. Katta bosimda yoki agressiv muxitda temperaturani o`lchaganda termoballon ob`ektga moy yoki mis qirindilari bilan to`ldirilgan ximoyalovchi gilzada o`rnatiladi. Manometrik termometrlarning kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: o`lchash aniqligining yuqori emasligi (aniqlik sinfi 1-2,5); termoballon o`lchamlarining kattaligi sababli inertsiyasining kattaligi; tizim germetikasi buzilganda ta`mirlashning qiyinligi. Ikkilamchi o`lchov asboblari bilan ishlash uchun ma`lumotlarni masofaga uzatish tizimi bor manometrik termometrlar ishlatiladi. Bu o`lchov asboblarda temperaturaning o`zgarishi proportsional unifikatsiyalangan (pnevmatik yoki elektr) signalga aylantirilib ikkilamchi asboblarga uzatiladi (masalan: pnevmatik va elektr signal o`zgartirgichli manometrik termometrlar TPG-189P, TPG-189E yoki TPJ-189P, TPJ-189E).
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling