O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq yukinining amaliy holati tahlili
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari-converted
2.2.
|
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq yukinining amaliy holati tahlili. |
Ma’lumki barqaror iqtisodiy o’sishga erishish iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etilishida byudjet-soliq siyosati boshqaruvchi hamda tartibga soluvchi rolini ijro etadi.
Barchamizga ma’lumki, 2014 yilda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi. Ushbu ustuvor yo’nalishlardan kelib chiquvchi vazifalarni amalga oshirishda salmoqli natija va sezilarli o’zgarishlar qo’lga kiritilmoqda, jumladan iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan o’sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirilmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha soliq yukini ko’rib chiqishda barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tushumga nisbatan salmog’ini, bevosita narx tarkibiga kiradigan soliqlar va majburiy ajratmalarning tushumdagi salmog’ini va ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar va majburiy ajratmalarning tushumdagi salmog’ini tahlil qilib chiqamiz. Tahlil jarayonida 2011-2014 yillardagi iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha soliq yukini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling