O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


-chizma. Soliqlarning obyektiga ko’ra guruhlanishi


Download 183.21 Kb.
bet2/22
Sana02.01.2022
Hajmi183.21 Kb.
#195514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari-converted

1-chizma. Soliqlarning obyektiga ko’ra guruhlanishi


Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur ham soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning dav- lat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda. Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o‘tilmagan bo‘lsin, uning mohiyati aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini



xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo‘lgan. Natijada, xazina taqsimoti taraqqiyot tayanchi bo‘lib xizmat qilgan.

Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.

N.Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib qoldi. ….Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so‘zlardan yana bir bor amin bo‘lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi.

Shu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir- oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi».4







4 Рикардо Д. Сочинения т. И. «Начало политической экономики и налогового обложения». Пер. с англ. - М.: Госполитиздат, с.360.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan.

Yana bir maqbul ta’rif S.Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».5

Masalan, professor D.Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo‘jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi».6



Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, to’lovchi bilan davlatning o’zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog’liqligiga ko’ra to’g’ri va egri soliqlarga bo’linishiga doir zamonaviy yondashuvga muvofiq, to’g’ri soliqlar to’g’ridan-to’g’ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to’lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi:

To’g’ri soliqlar Egri soliqlar



  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

  • obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiish solig’i va boshqalar

- qo’shilgan qiymat solig’i;

  • aktsiz solig’i;

  • transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

  • bojxona to’lovlari va boshqalar


Download 183.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling