O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Tarmoqlar bo’yicha barcha soliqlar va majburiy ajratmalarning tushumga nisbatan salmog’i tahlili


Download 183.21 Kb.
bet14/22
Sana02.01.2022
Hajmi183.21 Kb.
#195514
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari-converted

jadval


Tarmoqlar bo’yicha barcha soliqlar va majburiy ajratmalarning tushumga nisbatan salmog’i tahlili







Barcha soliqlar va majburiy

ajratmalarning tushumga nisbatan salmog’i

2011 yil

2012

yil

2013 yil

2014 yil

1

Yoqilg’i-energetika sanoati

23,2

10,5

13,8

13,0

2

Metallurgiya sanoati

15,5

12,9

25,8

24,3

3

Kimyo va neft kimyo sanoati

15,1

12,2

14,0

14,5

4

Mashina qurilish va metalni qayta

ishlash sanoati



29,0

20,3

16,6

15,5

5

Yog’ochni qayta ishlash va

tsellyuloza - qog’oz sanoati



31,3

28,3

28,2

26,8

6

Qurilish materiallari sanoati

18,9

19,0

41,1

38,4

7

Shisha va farfor-chinni sanoati

28,2

22,7

52,1

45,2

8

Engil sanoat

17,1

16,0

13,1

14,2

9

Oziq-ovqat va un mahsulotlari

sanoati


39,8

41,8

48,1

40,2

10

Qishloq xo’jaligi

17,7

13,0

8,6

9,2

11

Transport

7,6

6,0

8,6

9,0

12

Aloqa

25,6

24,1

29,4

28,2

13

Qurilish

19,2

22,9

22,4

23,2

14

Savdo va umumiy ovqatlanish

5,0

7,4

11,4

12,0

15

Boshqalar

17,1

15,1

13,3

14,7

O’rtacha nisbat

27,3

22,9

18,8

22,6

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tarmoqlar bo’yicha soliq yuki 2014 yilda shisha va farfor-chinni sanoatida eng yuqori 45,2 foizni tashkil etgan, shuningdek, oziq-ovqat va un sanoati tarmog’ida ham soliq yuki 40,2 foizni tashkil etgan va 2013 yilga nisbatan 6,9 foizli punktga kamayganligini ko’rish mumkin. Bu borada qishloq xo’jaligidagi islohotlar tufayli qishloq xo’jaligi tarmog’idagi soliq yuki 2013 yilda 2012 yilga nisbatan 4,4 punktga kamaygan bo’lsada 2014 yilda 9,0 foizni tashkil etgan. Metallurgiya sanoatida 2013 yilda soliq yukining

keskin o’sishi kuzatilgan va 2013 yilda 2012 yilga nisbatan 12,9 punktga oshgan. 2014 yilda bu ko’rsatkich 1,5 foizli punktga paysayganligini ko’rish mumkin.

    1. jadval


Tarmoqlar bo’yicha bevosita narx tarkibiga kiradigan soliqlarning tushumdagi salmog’i tahlili







Bevosita narx tarkibiga kiradigan soliqlarning

tushumdagi salmog’i

2011

yil

2012

yil

2013

yil

2014

yil

1

Yoqilg’i-energetika sanoati

5,3

2,8

7,7

7,5

2

Metallurgiya sanoati

0,3

0,5

5,0

4,7

3

Kimyo va neft kimyo sanoati

1,9

0,6

2,9

3,0

4

Mashina qurilish va metalni qayta ishlash

sanoati


7,9

3,7

3,5

4,0

5

Yog’ochni qayta ishlash va tselyuloza-

qog’oz sanoati



21,9

20,6

20,7

22,3

6

Qurilish materiallari sanoati

8,9

8,3

19,2

20,2

7

Shisha va farfor-chinni sanoati

13,3

11,1

39,6

37,8

8

Engil sanoat

7,6

7,3

6,5

4,9

9

Oziq-ovqat va un mahsulotlari sanoati

34,5

35,3

39,2

35,6

10

Qishloq xo’jaligi

11,2

5,7

3,0

3,2

11

Transport

1,6

1,1

2,1

2,2

12

Aloqa

15,8

14,4

15,6

15,0

13

Qurilish

8,5

9,8

11,3

12,3

14

Savdo va umumiy ovqatlanish

0,2

1,3

0,3

0,8

15

Boshqalar

3,9

4,4

2,4

3,8

O’rtacha nisbat

15,6

12,2

11,9

11,8

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bevosita narx tarkibiga kiradigan soliqlar (bunday soliqlarga egri soliqlar hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliq kabilar kiradi)ning tushumdagi salmog’i qurilish materiallari sanoatida keskin o’sishi kuzatilgan bo’lib, 2014 yilda 2011 yilga nisbatan 11,3 foizli punktga o’sganligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu davr mobaynida bevosita narx narkibiga kiruvchi soliqlarning tushumdagi salmog’i qishloq xo’jaligi sohasi bo’yicha ham

keskin kamayish tendentsiyasiga ega ekanligini alohida ta’kidlash lozim, xususan 2014 yilda 2011 yilga nisbatan 8,0 foizli punktga kamaygan. Tarmoqlar bo’yicha narx tarkibiga kiruvchi soliqlarning umumiy nisbati 2011 yilgi 15,6 foiz o’rniga 2014 yilda 11,8 foizga qadar kamaygan.


    1. jadval


Ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga kiritiladigan

soliqlar va majburiy ajratmalarning tushumdagi salmog’i tahlili12







Ishlab chiqarish tannarxi va davr

xarajatlariga kiritiladigan soliqlar va majburiy ajratmalarning salmog’i



2011

yil


2012

yil


2013

yil


2014

yil


1

Yoqilg’i-energetika sanoati

20,4

9,3

5,8

6,0

2

Metallurgiya sanoati

17,8

17,0

17,5

18,2

3

Kimyo va neft kimyo sanoati

13,0

10,8

10,8

11,0

4

Mashina qurilish va metalni qayta ishlash

sanoati


19,0

15,1

13,2

11,2

5

Yog’ochni qayta ishlash va tselyuloza-

qog’oz sanoati



10,3

8,7

9,3

9,0

6

Qurilish materiallari sanoati

8,0

8,0

24,2

25,2

7

Shisha va farfor-chinni sanoati

12,2

11,3

12,4

12,8

8

Engil sanoat

7,5

8,2

6,3

6,7

9

Oziq-ovqat va un mahsulotlari sanoati

7,4

8,1

11,5

12,0

10

Qishloq xo’jaligi

5,7

7,7

5,4

6,8

11

Transport

6,0

5,4

6,2

6,4

12

Aloqa

17,6

13,4

17,6

18,0

13

Qurilish

9,3

11,5

10,8

12,4

14

Savdo va umumiy ovqatlanish

2,5

3,2

7,2

5,6

15

Boshqalar

10,1

11,5

8,8

9,2

O’rtacha nisbat

13,7

10,2

12,2

11,4

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga kiradigan soliqlar va ularga tenglashtirilgan ajratmalar (yagona ijtimoiy to’lov, mol-mulk solig’i, er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar)ning tushumdagi salmog’i yoqilg’i-energetika sanoatida




12 O’zbekiston Resupblikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari.

tarmoqlar bo’yicha eng yuqori 2011 yilga nisbatan 14,4 punktga pasayganligini ko’rishimiz mumkin. Qurilish materiallari sanoatida esa bu ko’rsatkich eng yuqori 17,2 punktga oshganligini ko’rishimiz mumkin.





2.3.

Korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasini baholash mezonlaridan

foydalanish tahlili (Kitob tumani DSI ma’lumotlari asosida).

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan soliq islohotlarining amaliy natijasi asosan harakatdagi soliqlarni soddalashtirish va unifikatsiya qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat byudjeti bilan hisob-kitoblari mexanizmini takomillashtirish, soliq hisobotlarini taqdim etish holatlarini kamaytirishga qaratilgan. Respublikamiz hukumati tomonidan olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari yuridik va jismoniy shaxslar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishga, soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga, soliq stavkalarini pasaytirishga, soliqqa tortiladigan ob’ektlarni maqbul darajada kamaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Keyingi bir necha yillardan buyon, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq siyosatining markazida, soliq to’lovchi sub’ektlardan soliq yukini pasaytirish orqali xo’jalik sub’ektlari va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik hamda tijorat faoliyatini jadallashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Pirovardida, milliy iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan korxonalar va jismoniy shaxslarning ixtiyorida ko’plab moliyaviy mablag’lar qolishiga qulay imkoniyat tug’ilmoqda. O’z navbatida, korxonalar ixtiyoridagi moliyaviy resurslar hisobiga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish kengaytirishga sarf qilmoqdalar. Bir so’z bilan aytganda, investitsion imkoniyatlari kengaymoqda. Jismoniy shaxslar uchun qo’shimcha mablag’lar hisobiga o’zlarining ijtimoiy muammolarini bartaraf etishi bilan birga, yuqori saviyali ijtimoiy xizmatlardan foydalanishiga qulaylik yaratilmoqda.

Iqtisodiy sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish masalasi ko’p xollarda soliqlarni minimallashtirish orqali aks ettiriladi. Aytish lozimki, bir soliq turini yoki stavkasini kamaytirish boshqa turdagi soliq yoki yig’im to’lovlarini

ko’payishiga olib kelishi mumkin. Xususan, foyda solig’i summasi kamaysa, ijtimoy infrastruktura solig’i bazasi ko’paydi va natijada soliq xajmi xam o’z o’zidan oshadi. Bundan tashqari, davlat yoki ma’lum xudud doirasida bir soliq turini ko’payishi qolgan soliqlarning kamayishiga yoki byudjet daromadlarining umumiy qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, davlat uchun optimal ishlaydigan soliq tizimiga ega bo’lish juda muhimdir.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlari to’laydigan ayrim turdagi soliq to’lovlarinigina kamaytirishga intilmasdan balki, moliyaviy oqimlarni boshqarishning ratsional tizimini yaratish hamda soliqlarni rejalashtirish uslublarini qo’llagan xolda soliq yuki darajasini baholashlari ham muhimdir.

Quyidagi jadvalda Kitob tumanida faoliyat yuritayotgan “FAZO-OMAD” korxonasining moliyaviy natijalari va soliq yuki ko’rsatkichlari tahlilini keltirib o’tamiz:


    1. Download 183.21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling