0 Q
Chizmadan ko’rinadiki S1P1E1 BP0 S2P2P0 BA, ya’ni S1 yuza S2 yuzadan katta, soliqning katta qismi xaridor tomonidan to’langan. Bunda | EP D | 1 bo’lgan soliqning bunday taqsimlanishi quyidagicha izohlanadi: talab elastik bo’lganda, xaridorlar ushbu tovarga narx oshishi bilan o’zlarining talablarini o’rinbosar tovarlarga o’zgartira oladilar. Talab noelastik bo’lganda, bunday o’zgartirish qiyin kechadi.
Soliqning taqsimlanishi taklif chizig’iga nisbatan qaralganda taklifning elastikligi soliq yukining katta qismini iste’molchilar to’lashini namoyon etadi. Taklif elastik bo’lmaganda esa, soliq yukining katta qismi ishlab chiqaruvchilar zimmasiga tushadi.