O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


-chizma. Soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi


Download 183.21 Kb.
bet3/22
Sana02.01.2022
Hajmi183.21 Kb.
#195514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari-converted

2-chizma. Soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi




5 Основы налогового права. С.Г.Пепеляев. Москва, 1995, 24-бет

6 Черник Д.Г. «Налоги в рыночной экономике ». - Финансы, 1992, №3 стр. 19.

Soliqlarning iqtisodiy ahamiyati deganda quyidagi jihatlarga e’tiborni chuqurroq qaratish talab etiladi: soliqlardan faqat byudjetni to’ldiruvchi asosiy manba sifatidagina foydalanib, uning fiskal xususiyatlarini xaddan ziyod oshirish ijobiy natijalarga olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun soliqlarning rag’batlantiruvchilik funktsiyasidan ham kengroq foydalanish, korxonalar zimmasidagi soliq yukini maqbul darajada kamaytirish barqaror soliq-byudjet munosabatlarini qaror topishiga asos bo’ladi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek “Soliq tizimini o’zgartirishda asos qilib olingan bosh tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir”. Bildirilgan bu fikrda avvalo, korxonalar uchun belgilangan amaldagi soliq tizimini o’zgartirish zarurligi qayd etilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, “islohotning ikkinchi bosqichida iqtisodiy barqarorlikni va tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash birinchi navbatdagi vazifaga aylangan chog’da soliq tizimi birinchi galda rag’batlantiruvchanlik vazifasini bajarishi kerak”.

Soliq tizimining qo’yilgan rag’batlantirish vazifasi uch qismda bayon etilgan.


    • ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantiruvchi ta’sir o’tkazish;

    • moddiy xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish;

    • to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish.

Soliq tushumlarining soliq stavkalari va soliq bazasiga bog’liqligi xorijiy va respublikamiz olimlari tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Bunday tahlillardan biri XX asrning 70-80 yillarida Amerika iqtisodchisi A.Lafferning “Byudjet kontseptsiyasi” hisoblanadi. Ushbu kontseptsiyada soliq bazasining soliq stavkasi oshishiga hamda byudjet daromadlarining soliq yukiga bog’liqligi tadqiq etiladi. Kuzatuvlarga ko’ra, “soliq yuki”ning og’irlashuvi faqat ma’lum bir chegaragacha byudjet daromadlarining ko’payishiga olib kelishi mumkin. O’z navbatida soliq stavkasining oshishi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum bir chegaraga etgandan so’ng soliq stavkasining oshirilishidan qat’iy nazar

soliq tushumlarining o’sishi emas, balki aksincha qisqarishiga olib keladi7. Shuning uchun korxonalarga soliq yukini maqbul bir holatga keltirish kerakki, bunda korxonalar faoliyatining rivoji va byudjet daromadlarining me’yoriy chegarasi buzilmasin.

Respublikamizda ham soliq tizimi tahlilining matematik asoslari A.Nazarov, M.Ibragimov va X.Muxitdinov tadqiqotlarida amalga oshirilgan8. Mazkur olimlarimizning oziq-ovqat mollari bozori statistik ma’lumotlari asosidagi tadqiqotlarida Laffer funktsiyasi tadbig’i o’rganilgan. Tadqiqotlarda alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ijtimoiy nomaqbul tovarlar sifatida qabul qilingan. Chunki ushbu mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan hisobga olinmagan tashqi xarajatlarni – ya’ni jamiyat xarajatlarini keltirib chiqaradi. Jamiyat xarajatlari – sog’liqni saqlash, jamoat tartibini saqlash hamda ish vaqtining yo’qotilishi, mehnat unumdorligini pasayishi kabi holatlar bilan bog’liq xarajatlardir. Xuddi shunday salbiy tashqi samaralarni bartaraf etish uchun mazkur tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishda soliqqa tortishdan foydalaniladi. (Masalan, alohida tovarlar uchun aktsiz solig’ini qo’llash ularning iste’molini cheklashga qaratiladi).

Soliq tushumlarining eng yuqori chegarasini topishda talab va taklif funktsiyalarining o’zaro muvozanat nuqtasidan ham foydalaniladi. Buning uchun ixtiyoriy mahsulot uchun talab va taklif funktsiyalarining matematik ifodasi shakllantiriladi.



  1. Narx (PD)ga nisbatan mahsulot hajmi (QD)ga talab funktsiyasi quyidagicha ifodalanadi:

W
D




Q W * P







PD

(

  • QD ) *W

* QD




7 Yuldashev I. Soliq va soliqqa tortish. -T.: Fan va texnologiyalar. 2007. 46-bet

  1. Narx (PS)ga nisbatan taklif hajmi (QS) funktsiyasi quyidagicha ifodalanadi:




QS

  (P tP S )



S

PS



Q

 (1  t)


  1. Funktsiyalarning muvozanat nuqtasi:

( QD ) *W

 * Q

QS

 (1  t)






  1. Soliq tushumining maksimallashuvi funktsiyasi:

T t * P * Q max
Bu erda:

, , - alohida parametrlar; W– o’rtacha ish haqi;

P – tovar narxi;

t – t- turdagi soliqning tovar qiymatidagi umumlashgan stavkasi.

Elastiklik nazariyasining talab va taklif chizig’iga tadbig’i, soliq yukini xaridor va sotuvchi o’rtasida qanday taqsimlanishini tahlil etishga imkon beradi. Faraz qilaylik, davlat bir birlik tovar uchun t miqdorda soliq belgilasin. Natijada taklif chizig’i S0 da S1 ga siljiydi.

Chizmadan ko’rinadiki, soliq xaridor va sotuvchi o’rtasida to’liq taqsimlanmaydi. Ya’ni ortiqcha soliq yukini hosil qiladi. Ushbu ortiqcha yuk “o’lik yuk” deb nomlanadi va jamiyat uchun sof yo’qotish hisoblanadi.







8 S.G’ulomov va boshqalar “Mikroiqtisodiyot”. T.: “Sharq”. 2001 97-bet.

Download 183.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling