O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


VIII. Kreditlarni olish uchun talablar va fan bo’yicha talabalar bilimini baholash hamda nazorat qilish mezonlari


Download 55.81 Kb.
bet6/8
Sana04.10.2023
Hajmi55.81 Kb.
#1691593
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O \'quv dastur 1-kurslar uchun kimyoviy hisoblash tayyor

VIII. Kreditlarni olish uchun talablar va fan bo’yicha talabalar bilimini baholash hamda nazorat qilish mezonlari :
Talabalar bilimini baholar mezonlari talabalar ta’lim dasturi doirasida o‘qitish shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan amaldagi baholash mezonlari asosida baholanadi.
Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish, ijod qilish va joriy, oraliq, nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha ishlarni topshirish.
Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi.
Joriy nazorat - talabalarning semiar, amaliy, laboratoriya va h.k mashg’ulotlari, munozaralardagi ishtiroki, amaliy va keys hamda mustaqil ish topshiriqlarini baholash tarzida amalga oshiriladi. Joriy nazorat tarkibiga mustaqil ta’lim bo’yicha natijalarini baholash ham kiritilib, talabalarning loyihaviy faoliyatini tashkil etishni ko’zda tutishi maqsadga muvofiq.
Yakuniy nazorat - bu professor-o’qituvchi tomonidan talabaning kurs bo’yicha olgan bilimlari va amaliy ko’nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi.
Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo’yilgan masalani o’rganib, izlanishlar olib boradi. Fan dasturida loyihalarning soni, mavzusi, mazmuni bajarish usullari va topshirish muddatlari to’liq ochib beriladi.

Download 55.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling