Granulozani ko`rish uchun buyum oynasiga bir tomchi Lugol reaktividan tomiziladi va uning ustiga Rushman
ozuqa muhiti suyuqligidan kichik kartoshka bo`lakchasi bilan solinadi va ohista aralashtiriladi. Preparat qoplag`ich
oyna bilan yopiladi, immersion moy tomizilib, mikroskopda ko`riladi. Preparatda qizil-binafsha rangga bo`yalgan va
hujayraning ko`p qismini egallagan granulyoza ko`rinadi.
3.5. 6. Lipidli granulalar
Poli-oksibutirat donachalarini lipofil bo`yoqlar - sudan III yoki qora sudan bilan bo`yab, ko`rish o`mumkin.
Buning uchun achitqilar hujayrasidan yupqa surtma tayyorlanib, havoda quritiladi va alangada fiksirlanadi. 5 - 15
minut davomida surtma qora sudan bilan bo`yaladi. Vaqt tugagach preparat filtr qog`oz bilan quritilib, 1 minutgacha
bo`lgan vaqt davomida ksilolga bir necha marta botiriladi. So`ngra hujayralar 10 sekund davomida 0,1% li safranin
eritmasi bilan bo’yaladi. Poli-oksibutirat donachalari to`q rangda, hujayraning qolgan qismi pushti rangda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |