ko`k rangda ko`rinadi.
Achitqilarda volyutinni ko`rish uchun alangada fiksirlangan surtma 3 minut davomida Lofflerning moviy
metileni bilan bo`yaladi. Bo`yoq to`kilgach, preparat suv bilan yuviladi va quritilmagan holda surtma yuzasiga 1
tomchi 1% li sulfat kislota tomiziladi. Uning ustiga qoplovchi oyna yopilib mikroskopda ko`riladi. Volutin donalari
ko`k-siyoh rangda bo`lib, och havorang sitoplazmada ko`rinadi.
3.5.8. Parasporal tanachalar
Spora hosil qilgan Bacillus thuringiensis hujayralari sporaga yopishgan to`g`ri bipiramidal oqsil kristallini
hosil qiladi. Bu kristall ona hujayra avtolizida spora bilan muhitga ajraladi. Parasporal tanachalarni ko`rish uchun ular
maxsus bo`yaladi. Yupqa surtma tayyorlanib, havoda quritiladi. Alangada fiksirlanadi va 2 minut davomida qora
anilin bilan bo`yaladi. So`ngra bo`yoq suv bilan yuviladi va surtma 15 sekund davomida Silning fuksini bilan
bo`yaladi. Preparat suv bilan yuvilgach, quritiladi va immersion tizim bilan mikroskopda ko`riladi. To`g`ri bo`yalgan
Do'stlaringiz bilan baham: |