10
kulturasidan "ezilgan tomchi" preparati tayyorlab, ko`riladi. Preparat tayyorlash uchun probirka devoridan material
qirib olinadi. Preparatda dugsimon ko`rinishdagi hujayralar ichida yirik yaltiroq sporalar ko`rinadi.
Uchinchi xil spora hosil qilish - plektridial spora hosil qilishdir. Bunda hujayra kengayib, bir tomoni
dumaloqlashadi va
baraban tayoqchasiga yoki
tennis raketkasiga o`xshab qoladi.
Spora hosil bo`lishining plektridial tipi klostridial tipi singari Clostridium avlodining vakillariga xarakterlidir.
Spora hosil bo`lishining bunday tipi bilan tanishish uchun tayyor fiksirlangan va bo`yalgan preparatdan
foydalaniladi. Plektridial shakllar anaerob moy kislotali bakteriyalarning (C. felsineum) boyitilgan kulturalarida shu
bilan birga anaerob ammonifikatsiya qiluvchi batsillalarning (C. sporogenes va C. putrificum) boyitilgan kulturasida
oson aniqlanadi.
Sporalarni bo`yash uchun Peshkov usulidan foydalaniladi. Bu usulda sporalar va tsitoplazma qizdirilib,
bo`yaladi. Preparat suv bilan yuvilganda, tsitoplazma rangsizlanadi, spora esa bo`yoqni saqlab qoladi.
Yog`sizlantirilgan buyum oynasida surtma tayyorlanib, havoda quritiladi alangada fiksirlanadi. So`ngra Lofflerning
moviy metilen bo`yog`i surtma ustiga qo`yiladi. Buyum oynasi alanga tepasida tutilib, bo`yoq qaynaguncha
qizdiriladi. Qurigan bo`yoq o`rniga yana yangisi quyilib turiladi. Shu tarzda 10 - 20 sekund davomida bo`yaladi.
Buyum oynasi sovitilgach esa preparat suv bilan yuviladi va 30 sekund davomida 0,5% li neytral qizil yoki
Do'stlaringiz bilan baham: