yoki rezazurin bo`yoqlari rangsizlanishiga ko`ra aniqlanadi. Moviy metilen bilan reduktaza analizini o`tkazish
uchun bo`yoq sutga qo`shiladi. Bunda sut ko`k rangga bo`yaladi. Agar sutda reduktaza bo`lsa, u sutni rangsizlantiradi.
Yangi sog`ilgan sut juda kech rangsizlanadi. Turib qolgan sut esa tez rangsizlanadi. Rangsizlanish tezligiga ko`ra unda
mikroorganizmlar soni va sutning ifloslanish darajasi aniqlanadi. Analiz o`tkazish uchun namuna 50 ml miqdorida
yaxshi aralashtirilgan sutdan olinadi, sterillangan idishga solinib, sterillangan paxta tiqin bilan yopiladi. Toza
probirkaga 1 ml moviy metilen bo`yog`i quyilib, unga 20 ml 38-40
0
S gacha qizdirilgan sutdan quyiladi.
Aralashtirilgach, probirka 38 - 40
0
S li termostatga qo`yiladi va rangsizlantirilishi nazorat qilinadi. Nazorat vaqti 20
minut; 2 soat; 5,5 soat. Rangsizlanish vaqtiga ko`ra sutlar 4 sinfga bulinadi:
1 2 3 4
Rangsizlanish
vaqti (soat) 5,5 5,5-2 2-0,5 20 min
Bakteriyalarning
taxminiy miq- 0,5 0,5-4 4-20 20 min
dori, mln
Sutning sifati yaxshi o`rtacha yomon juda yomon
Do'stlaringiz bilan baham: |