6.2.
Go`shtning mikrobiologik tadqiqoti
Yangi so`yilgan mol go`shtida mikroorganizmlar deyarli bo`lmaydi. Kasal molning go`shtida aerob va anaerob
mikroorganizmlar uchraydi. Go`shtning yuzasiga tushgan bakteriyalar asta-sekin uning ichiga o`tadi. O`tish tezligi
haroratga va mikroorganizmlar turiga bog`liq. Go`sht mikroorganizmlar ko`payishi uchun qulay haroratda saqlangan
holda turli mikrobiologik jarayonlar o`tadi. Taxminan, 3 - 4 kundan so`ng go`shtning ichki qatlamlarida anaeroblar
ham ko`payadi.
Sifatiga ko`ra go`sht yaxshi, juda yaxshi bo`lmagan va iste'molga yaramaydigan turlarga ajratiladi. Go`shtning
sifatini aniqlash uchun ikki xil sortdagi go`sht olinadi: yangi so`yilgan va yangi bo`lmagan go`sht. Ularning yuzasi va
ichki qatlamidan sterillangan qaychi bilan 0,5 - 1 grammli namuna kesib olinadi va buyum oynasiga ulardan nusxa
olinadi. Nusxalar havoda quritilib, spirt (etanol) va efir aralashmasi bilan fiksirlanadi, fuksin bilan bo`yaladi va
mikroskopda ko`riladi. Bunda mikroorganizmlarning soni va shakli nazorat qilinadi.
Yangi so`yilgan go`shtda, odatda, mikroorganizmlar deyarli uchramaydi. Yangi bo`lmagan go`shtda, odatda,
13
mikroorganizmlar soni o`nlab bo`ladi. Aeroblardan - Bacillus subtillis, Bacillus mycoides, fakultativ
anaeroblardan - Proteus vulgaris, anaeroblardan - Clostridium putrificus, Clostridium sporogeneslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |