O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/78
Sana08.12.2021
Hajmi1.14 Mb.
#179272
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bog'liq
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

3.7. Bakteriyalar harakati 

 

Ko`pgina prokariotlarning ustki qavatida hujayralarni harakatlantiruvchi tuzilmalar bor. Bular xivchinlardir. Ular 



bir  qator  tayoqchasimon  bakteriyalarda,  ba'zi  bir  kokklarda,  spirillalarda,  vibrionlarda  va  ipsimon 

bakteriyalarda topiladi. Xivchinlarning soni 1 tadan 100 tagacha bo`ladi. Xivchinlarning qalinligi 0,01  nm atrofida, 

uzunligi 20 mkm gacha etadi. Xivchinlarni yorug`lik mikroskopi ko`rsata olmaydi, shuning uchun ular elektron yoki 

qorong`i maydonli mikroskopda ko`riladi. Bakteriyalar xivchinlarning soniga va joylanishiga qarab hujayra quyidagi 

tiplarga bo`linadi: 

1. Monotrixlar - 1 ta xivchin hujayraning bir qutbida joylashgan; 

2. Lofotrixlar - xivchinlar to`pi hujayraning bir qutbida joylashgan; 

3. Politrixlar - (amfitrixlar) - xivchinlar to`pi hujayraning har qutbida joylashgan; 

4. Peritrixlar - ko`p sonli xivchinlar hujayrani butunlay qoplagan

 

Bakteriyalarning harakati bilan tanishish uchun quyidagi preparatlar tayyorlanadi: 



 

1.  Pseudomonas  -  avlodining  vakillarida  monotrixial  yoki  lofotrixial  xivchinlar  kuzatiladi.  Shuning  uchun 



Pseudomonas  sp.  12  -  18  soatli  kulturasidan  "ezilgan  tomchi"  preparati  tayyorlanadi.  Mikroskop  tagida  ingichka 

harakatchan tayoqchalar ko`rinishi kerak. Ularning harakati juda tez, parmasimon va bir tomonga yo`nalgan bo`ladi. 

Hujayralar aylanma harakat qilmaydi.   

 

2. Xivchinlarning peritrixal joylanishida ularning harakati bir tekisda bo`ladi va tebranma harakatlanadi, aylanma 



harakatlanishi mumkin. Bunday tipdagi harakatni  Bacillus subtilis dan tayyorlangan "ezilgan tomchi" preparatlarida 

ko`rish mumkin. 

 

Xivchinlarni  yorug`lik  mikroskopida    kuzatish  uchun  maxsus  murakkab  bo`yash  metodlaridan  foydalaniladi, 



bunda  xivchin  qalinligi  kattalashadi.  Ularning  bir  necha  bo`yash  usullari  bor.  Bunda  har  xil  ishlov  beruvchi 

moddalaridan  foydalaniladi,  ular  xivchinning  ustki  qismida  cho`kadi  va  shu  sababli  diametri  oshadi  va  xivchinlar 

ko`rinadi 


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling